02:46 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
209 0 0

Oʻzbekistonda uglevodorod xomashyo geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini yanada oshirish maqsadida sohada jiddiy islohotlar tatbiq etiladi - prezident qarori.

TOSHKENT, 19 noya – Sputnik. Oʻzbekistonda neft va gaz konlarini  qidirish yanada jadal va keng qamrovli ravishda olib boriladi. Bu haqida prezident 18 noyabr kuni imzolagan yangi qarorda aytib oʻtilgan.

Xususan, Energetika, Iqtisodiyot va sanoat va Moliya vazirliklari hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qoʻmitasi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va “Oʻzbekneftgaz” AJning Davlat geologiya qoʻmitasiga quyidagi funktsiyalarni topshirish takliflari qabul qilindi: 

  • yangi uglevodorod xomashyosi konlarini ochish uchun neft va gaz istiqbolli tuzilmalarini aniqlash va tayyorlashga qaratilgan ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burgʻulash ishlarini olib borish;
  • respublika uglevodorod xomashyosi zaxiralarini jadal rivojlantirish va qayta tiklash, yangi uglevodorod xomashyo konlarini ochishni taʼminlashga yoʻnaltirilgan geologiya-qidiruv ishlari samaradorligi va natijadorligini oshirish ishlarini tashkillashtirish.

“Oʻzbekneftgaz” AJ 2019 yil yakuniga qadar Davlat geologiya qoʻmitasiga ilmiy-tadqiqot va geofizik ishlarini olib borishning amaldagi loyihalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni hamda barcha mavjud istiqbolli maydonlar, investitsiya bloklari va uglevodorod xomashyosi konlari boʻyicha fond va boshqa materiallarni taqdim etadi.

Undan tashqari, 2020 yildan boshlab neft va gaz mineral-xomashyo bazasini rivojlantirish va qayta tiklash yillik davlat dasturlari doirasida yetakchi xorijiy konsalting kompaniyalari va mutaxassislarini jalb etgan holda, geologiya-qidiruv ishlarini tashkil qilishning xalqaro standartlarini tatbiq etish choralari amalga oshiriladi;

Neft va gaz boʻyicha ilmiy-tadqiqot, regional geologik-tasvirlash, geofizik va burgʻulash ishlari hamda zamonaviy uskunalar bilan jihozlash - Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti va boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.

Qaror matni bilan batafsil quyida tanishish mumkin.

Asosiy mavzular