03:07 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
86 0 0

Uchrashuv doirasida har ikkala davlatning “Doing Business” hisobotidagi natijalari tahlil qilindi va bu boradagi BAA ilgʻor tajribasi oʻrganildi.

TOSHKENT, 19 noya — Sputnik. Iqtisodiyot va sanoat vazirligi delegatsiyasi Birlashgan Arab Amirliklari Federal raqobatbardoshlik va statistika agentligiga tashrif buyurdi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar qildi.

Uchrashuv doirasida har ikkala davlatning “Doing Business” hisobotidagi natijalari tahlil qilindi va bu boradagi BAA ilgʻor tajribasi oʻrganildi.

BAA Federal raqobatbardoshlik va statistika agentligi jamoasi tomonidan “Doing Business” hisobotining har bir indikatori boʻyicha masʼullar bilan amaliy seminarlar va davra suhbatlari tashkil etildi.

“Doing Business”koʻrsatkichlarini yaxshilashga taʼsir etadigan ilgʻor tajribani oʻrganish va uni amaliyotga tatbiq qilish yuzasidan BAA bilan hamkorlikda yoʻl xarita ishlab chiqildi. Shuningdek, belgilangan vazifalarni amalga oshirishda yaqindan hamkorlik olib borishga kelishib olindi.

Eslatib oʻtamiz, prezident Shavkat Mirziyoyev yigʻilishda hokimlar 50 foiz ish vaqtini yangi kichik biznes subʼyektlari tashkil etish va ishlayotgan tadbirkorlarning muammolarini aniqlash hamda hal etishga sarflashi lozimligini taʼkidlab, juda koʻp rahbarlar bunga befarqlik va masʼuliyatsizlik bilan qarab kelayotganini keskin tanqid qilgan edi.

Asosiy mavzular