02:34 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
362 0 0

Jahon banki Oʻzbekistonga qishloqlarni rivojlantirish uchun 100 mln dollar qarz beradi. Mahalliy fuqarolar yigʻinlari loyiha mablagʻlarini qaysi infratuzilma loyihalariga yoʻnaltirishni mustaqil ravishda hal qiladi.

TOSHKENT, 19 noya — Sputnik. Jahon banki Oʻzbekistonga qishloq joylardagi ijtimoiy infratuzilma va kommunal xizmatlarning sifatini yaxshilash uchun 100 mln dollar qarz beradi. Bu haqda bankning Toshkentdagi vakolatxonasi xabar qildi.

Pullar Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasi mablagʻidan (Jahon banki guruhiga kiruvchi tashkilot) ajratiladi. Ushbu mablagʻlar “Obod qishloq” loyihasini amalga oshirishga yoʻnaltiriladi.

Loyiha Andijon, Fargʻona, Namangan, Jizzax va Sirdaryo viloyatlaridagi 300ga yaqin qishloqni qamrab oladi. Mahalliy fuqarolar yigʻinlari (mahallalar) loyiha mablagʻlarini qaysi infratuzilma loyihalariga yoʻnaltirishni mustaqil ravishda hal qiladi.

Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki ushbu loyiha doirasida Oʻzbekistonga 82 million dollar miqdorida kredit shaklidagi qoʻshimcha moliyalashtirish taqdim etishi kutilmoqda.

Oʻzbekistonda 478 ta qishloqlarda obodonlashtirish ishlari uchun 4,8 trillion soʻm sarflanadi

Oʻzbekiston JBga 1995 yilda aʼzo boʻlgan. Bank oʻtgan davr mobaynida mamlakatga xususiylashtirish, moliya sektorini rivojlantirish, qishloq xoʻjaligini modernizatsiya qilish, elektr energiyasi, ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirish, sogʻliqni saqlash, taʼlim sohasidagi qirqqa yaqin loyihalarni amalga oshirish uchun 4,1 milliard dollar qarz va kredit bergan.

Asosiy mavzular