12:21 16 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Glava upravleniya Minselxoza Kazaxsstana Yerlan Ilyasov

Qozogʻistondan Oʻzbekistonga “qoramol embargosi” bekor qilinadimi?

Foto iz lichnogo arxiva Yerlana Ilyasova
Iqtisod
Havola olish
477 0 0

Qozogʻiston va Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik sohasida hamkorlikni jadallashtirish toʻgʻrisida yoʻl xaritasini qabul qildi.

Bu hujjatda Qozogʻistondan qora molllarni olib chiqishga embargoni bekor qilish koʻzda tutilmagan, dedi Qozogʻiston Qishloq xoʻjaligi vazirligi boshqarma boshligʻi Yerlan Ilyasov.

Vazirlikning vakili oktyabr oyida “Qishloq xoʻjalik hayvonlarini eksport qilishning ayrim masalalari toʻgʻrisida” qoʻshma buyruq qabul qilinganini eslatdi.

“Buyruqda Qozogʻiston hududidan yirik qoramollarni olti oy muddatga olib chiqishga taqiqni koʻzda tutilgan. Oʻzbekistonga taqiq olib tashlanmadi”, - deb taʼkidladi Sputnik Qozogʻistonga  Qishloq xoʻjaligi vazirligining chorvachilik mahsulotlarini ishlab chiqarish va qayta ishlash boshqarmasi boshligʻi Erlan Ilyasov.

Qozogʻiston va Oʻzbekiston qishloq xoʻjalik vazirlari mamlakatlar oʻrtasida qishloq xoʻjaligi sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish boʻyicha yoʻl xaritasiga imzo chekdilar.

Hujjatda 2019-2024 yillarda qishloq xoʻjaligi fani, ishlab chiqarish, sertifikatlash va savdo sohalarida hamkorlikni rivojlantirish choralari koʻrsatilgan.

Chorvachilikni rivojlantirish uchun birinchi yarim yillikda Oʻzbekiston 72 ming boshdan ortiq qoramol olib keldi, ulardan 63,6 mingtasini Qozogʻistondan. Ilgariroq Qozogʻiston mamlakatdan qoramol eksportiga embargo joriy etgan edi.

Asosiy mavzular