17:58 14 Dekabr 2019
Efir
  • RUB149.88
  • EUR10545.67
  • USD9537.55
Shavkat Mirziyoyev posetil Texnologicheskiy park programmnыx produktov i informatsionnыx texnologiy v Mirzo-Ulugbekskom rayone Tashkenta

Shavkat Mirziyoyev texnoparkning yangi bosqichi qurilishiga tamal toshi qoʻydi

Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Iqtisod
Havola olish
26820

Texnoparkda yillik ishlab chiqarish quvvati 2020 yilda 10 million dollardan ortishi, 2025 yilda esa 100 million dollarga yetishi koʻzda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollar.

TOSHKENT, 20 noya — Sputnik. Prezident Shavkat Mirziyoyev 20 noyabr kuni Toshkentning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi Dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyalari texnologik parkiga tashrif buyurdi va parkning yangi bosqich qurilishiga tamal toshi qoʻydi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qildi.

Texnoparkda mutaxassislar uchun barcha qulayliklar yaratilgan, istiqbolli startap-loyihalarni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha inkubatsiya va akseleratsiya dasturlari tashkil etilgan.

Hozirda axborot texnologiyalari, moliya texnologiyalari, logistika, elektron tijorat, elektron taʼlim, biotexnologiya va boshqa yoʻnalishlardagi ilk loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda. 

Masalan, AQShdagi transport korxonalariga logistika hamda kafe va pitstseriyalarga autsorsing boʻyicha texnologik xizmat koʻrsatish yoʻlga qoʻyilgan. Texnoparkning bu kabi xizmatlari arzonligi, sifati qolishmasligi bilan xorijliklarga maʼqul boʻlmoqda.

“Iqtisodiyotimiz barqarorligi, har bir sohaning sifati va samaradorligi, aholiga qulayliklar yaratish axborot texnologiyalari bilan bogʻliq. Shuning uchun bu sohaga yanada keng imkoniyat, zarur infratuzilma yaratish, mutaxassislarni har tomonlama ragʻbatlantirish, qobiliyatli yoshlarni tarbiyalash kerak”, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Mazkur texnopark rezidentlari sifatida roʻyxatdan oʻtgan korxonalar 2028 yilning 1 yanvariga qadar soliqlar va bojxona toʻlovlaridan ozod etilgan. Qisqa vaqtda uning rezidentlari soni 300 dan ortdi.

Soha rivojiga yanada keng sharoit yaratish maqsadida bu yerda yana yettita lotda qurilish qilinib, IT-ofislar, biznes markazi, mehmonxona va boshqa binolar barpo etish rejalashtirilgan. 

Texnoparkda yillik ishlab chiqarish quvvati 2020 yilda 10 million dollardan ortishi, 2025 yilda esa 100 million dollarga yetishi koʻzda tutilgan. Loyihaning umumiy qiymati 150 million dollar.

Asosiy mavzular