15:15 15 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
126 0 0

Barcha davlat korxonalari bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtmoqda, davlatning qisman ishtirokini faqat strategik korxonalarda davlat hissasi saqlanib qolmoqda.

TOSHKENT, 21 noya - Sputnik. Koreya fond birjasi Oʻzbekiston moliya bozorida pozitsiyasini mustahkamlamoqchi. Bu haqja uning strategik rejalashtirish boʻyicha direktori maʼlum qildi, deya xabar qilmoqda Sputnik Oʻzbekiston muxbiri.

Barcha davlat korxonalari bosqichma-bosqich xususiy sektorga oʻtmoqda, davlatning qisman ishtirokini faqat strategik korxonalarda davlat hissasi saqlanib qolmoqda.

Katta miqdordagi aktsiyalar va korxonalarni bozorga taklif etish orqali birinchi navbatda mahalliy fond bozorini rivojlantirish, shu asosda aholi va tadbirkorlik subʼyektlarini xususiylashtirish jarayonlariga faol jalb etish lozimligi qayd etildi.

Bu jarayonda fond birjasining samarali infratuzilmasi talab etilishi, birja faoliyatiga zamonaviy texnologiyalar, boshqaruv usullari va mavjud yechimlarni joriy etish oʻta zarurligi taʼkidlandi.

“Koreya fond birjasi hozirda Koreya moliya bozorida yetarlicha samarali faoliyat yuritmoqda. Ammo uning turgʻunlik va oʻsishning pastligi oqibatida investorlar rivojlanayotgan mamlakatlar bozoriga kirishga qiziqmoqdalar. Oʻzbekistonda fond bozori juda katta istiqbolga ega”, - deya qayd etdi koreys fond birjasi vakili.

Tomonlar oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirishdi.

Eslatib oʻtamiz, koreys fond birjasi Toshkent respublika fond birjasi aktsiyadorlik jamiyati ustav kapitalida davlat ulushi 50 foiz plyus bir dona aktsiyani, Koreya fond birjasi ulushi 25 foiz minus bir dona aktsiyani tashkil etadi.

Bundan tashqari, 4 ta tijorat banklari fond birjasining bir xilda 6,25 foizdan aktsiyalarga egalik qiladi. 

Asosiy mavzular