02:12 25 Yanvar 2021
Efir
  • RUB142.66
  • EUR12682.88
  • USD10500.81
Iqtisod
Havola olish
199 0 0

Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalar davlat soliq xizmatlari organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim, roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlov undirilmaydi.

TOSHKENT, 24 noya — Sputnik. “Onlayn nazorat-kassa mashinalari va virtual kassa tizimi qoʻllanilishini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” Hukumat qarori qabul qilindi.

Qarorga muvofiq, naqd pul tushumiga ega tadbirkorlar aholidan naqd pulni qabul qilishda prezidentning farmoni  bilan tasdiqlangan grafikda belgilangan muddatga qadar onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassadan foydalanishga ixtiyoriy, ushbu muddat tugagach majburiy ravishda oʻtadilar (istisno holatlar mavjud).

Qaror bilan, aholi bilan pulli hisob-kitoblarni amalga oshirishda onlayn-nazorat kassa mashinalari yoki virtual kassa tizimini qoʻllash tartibi toʻgʻrisida nizom tasdiqlandi.

Nizomga koʻra, Oʻzbekiston hududida faqat belgilangan tartibda davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va virtual kassalardan foydalanishga ruxsat etiladi.

Tadbirkorlar davlat reyestriga kiritilgan onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalarni mustaqil sotib olishi hamda texnik xizmat koʻrsatish markazlarini ixtiyoriy tanlash huquqiga ega.

Onlayn-NKM va (yoki) virtual kassalar davlat soliq xizmatlari organlarida roʻyxatdan oʻtkazilishi lozim, roʻyxatdan oʻtkazganlik uchun toʻlov undirilmaydi.

Asosiy mavzular