10:39 10 Iyul 2020
Efir
  • RUB142.48
  • EUR11455.78
  • USD10184.73
Iqtisod
Havola olish
387 0 0

Loyiha uzoq vaqt kelishmovchilik tufayli “muzlatib” qoʻyilgan edi. Endi esa amalga oshish imkoniyatiga ega boʻldi.

TOSHKENT, 25 noya - Sputnik. Rossiya “Xitoy-Qirgʻiziston-Oʻzbekiston” temir yoʻli qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab chiqishga 200 million rubl ajratdi. Bu haqda Qirgʻiziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov mahalliytelekanallardan biriga bergan intervyusida maʼlum qilgan.

Loyiha 2000 yillarning boshlarida eʼlon qilingandi, ammo oʻsha vaqtdan beri amalga oshirilmagan. Ilk gʻoyaga koʻra yoʻl Xitoyning Sintszyan provintsiyasidagi Qoshgʻar shahridan oʻtib, Qirgʻistonning Norin va Oʻsh viloyatlari orqali Oʻzbekistonning Andijonigacha olib borilishi kerak.

Bunday yoʻnalish bu uch davlatni Turkmaniston, Kaspiy dengizi portlari, Yevropa va hattoki Eron bilan bogʻlashi lozim edi. Uning umumiy uzunligi 268 kilometrni tashkil etishi kerak boʻlgan.

Ammo ikkita toʻsqinlik bor edi – moliyalashtirish va temir yoʻl izi kengligi: Xitoy xalqaro, Qirgʻiziston va Oʻzbekiston esa sovet standartidan foydalanadi.

Shuningdek, tomonlar yoʻnalish borasida yakdil fikrga kelishmagan. Oʻshanda yoʻlning yana bir varianti ishlab chiqilgan edi. Poyezdlar Qirgʻistonnning Oʻsh shahriga emas, balki janubiy shahri Jalolobodga borishini nazarda tutardi. Biroq Qirgʻiziston hukumati bunday yoʻl mamlakat uchun foydali emas deb hisoblagan edi.

Qirgʻiziston tomoni uzunroq boʻlgan muqobil yoʻlni taklif qilgan edi. Ammo Oʻzbekiston va Xitoy yoʻl juda qisqa boʻlishi tarafdori edilar.

Endilikda Rossiya barcha tomonlarning manfaatlari hisobga olgan holda temir yoʻli qurilishi loyihasining texnik-iqtisodiy asosini ishlab mablagʻ ajratdi. Yaqin kelajakda loyiha amalga oshirilishining imkoniyatlari oshdi.

Asosiy mavzular