Qayta moliyalash stavkasi tushiriladi – Markaziy bank

© review.uzPredsedatel Sentralnogo banka Uzbekistana Mamarizo Nurmuratov
Predsedatel Sentralnogo banka Uzbekistana Mamarizo Nurmuratov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir necha yil deganda ilk bor - Markaziy bank 2020-yilda qayta moliyalash stavkasini tushirishni rejalashtirmoqda.

TOShKENT, 26 noya – Sputnik. 2020-yilning ikkinchi yarmida O‘zbekistonda qayta moliyalash stavkasi tushiriladi. Bu so‘nggi bir necha yil ichida birinchi marta amalga oshiriladi, dedi Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov, Sputnik muxbiri xabariga asosan.

"2020 yilda prezidentimiz belgilab bergan inflyatsiyani pasaytirish va narxlar barqarorligini ta’minlash bo‘yicha "Yul xaritasi"dagi vazifalarni amalga oshiradigan bo‘lsak, men o‘ylayman, 6 oydan keyin asosiy foiz stavkamiz pasayadi. Bu kreditlar bo‘yicha ham, depozitlar bo‘yicha xam, albatta o‘zini ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Maqsadimiz ham shu. Iqtisodiyotni rivojlanishi uchun, muqobil bozor narxlarida mablag‘ yetkazib berish, mablag‘ bilan ta’minlash", - dedi Markaziy bank raisi.

Ma’lumot uchun ayni damda O‘zbekistonda qayta moliyalash stavkasi 16 %ni tashkil qilmoqda. 2015-yildan buyon O‘zbekistonda ushbu ko‘rsatgich faqat oshirib kelinayotgan edi.

Qayta moliyalash stavkasi davlat moliya tizimini boshqarishda kuchli vosita hisoblanadi. Uning yordamida iqtisoddagi pul miqdorini kamaytirish yoki ko‘paytirish mumkin. Shuningdek inflyatsiyani jilovlash yoki aholi xarid qilish imkoniyatini oshirish ham mumkin.

Yangiliklar lentasi
0