“O‘zsanoatqurilishbank” ilk bor xalqaro obligatsiyalarni joylashtirdi

© Ministerstvo finansov Uzbekistana"Uzpromstroybank" vpervie razmestil na Londonskoy fondovoy birje 5-letnie yevroobligatsii
Uzpromstroybank vpervie razmestil na Londonskoy fondovoy birje 5-letnie yevroobligatsii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB xalqaro kapital bozorini korporativ emitentlar uchun ochib berdi. 300 million AQSh dollari miqdoridagi yevrobondlar investorlar tomonidan yuqori baholandi.

TOShKENT, 26 noya — Sputnik. “O‘zsanoatqurilishbank” London fond birjasida xalqaro obligatsiyalar chiqardi. Bu haqda Moliya vazirligi matbuot xizmati xabar qildi. 300 million AQSh dollari miqdoridagi yevrobondlar investorlar tomonidan yuqori baholandi.

Vazirlik xabariga ko‘ra, bankning 5-yillik xalqaro obligatsiyalari uchun ilk daromadlilik stavkasi 6,50% etib belgilangan. Kuponning yakuniy stavkasi yuqori darajadagi talab sabab 5,75%ni tashkil etdi – investorlarning buyurtmalar hajmi 1,2 mlrd. dollarni tashkil etdi.

Ofis banka Rayffayzen - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston yevrobondlar bozorida "istiqbolli yulduz" – Rayffayzenbank

Xalqaro obligatsiyalarni chiqarish “O‘zsanoatqurilishbank”ning o‘zi hamda JP Morgan, Citigroup, Commerzbank, Raiffeisen Bank banklari tomonidan amalga oshirlgan.

Qayd etilishicha, mazkur tranzaksiya O‘zbekiston Respublikasidagi islohotlarning, ayniqsa, bank tizimi islohotlarining xalqaro investorlar tomonidan ijobiy qabul qilinganidan dalolat beradi.

Qolaversa, O‘zbekiston tarixida ilk bora korporativ xalqaro obligatsiyalar boshqa tijorat banklari va korxonalar uchun namuna bo‘lib xizmat qiladi.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning fevral oyida O‘zbekiston ilk bor umumiy qiymati milliard dollar bo‘lgan yevrobondlarni joylashtirgan edi. Ular 500 millionli ikki guruhga bo‘lingan bo‘lib, birinchisining yillik daromadi  4,75% va so‘ndirish muddati 2024-yil, ikkinchisining yillik daromadi 5,375 % bo‘lib so‘ndirish muddati 2029-yilga belgilangan edi. Markaziy banki raisi Mamarizo Nurmuratov “Blumberg” agentligiga bergan intervyusida mamlakat bu yil yana bir partiya yevrobondlar chiqarishi mumkinligini ma’lum qilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0