O‘zbekistonda sement zavodlari ustidan ekologik nazorat o‘rnatiladi

© AFP 2023 / WILMER REINAZavod po proizvodstvu sementa
Zavod po proizvodstvu sementa - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Belgilanayotgan talablar bajarilmagan taqdirda, sement zavodlarga nisbatan faoliyatini to‘xtatishgacha bo‘lgan choralari qo‘riladi.

TOShKENT, 27 noya - Sputnik. O‘zbekistonda sement ishlab chiqaruvchi zavodlar ustidan ekologik nazorat o‘rnatiladi. Bu haqda Hukumatning "Sement ishlab chiqarish korxonalari faoliyati ustidan ekologik nazoratni kuchaytirish to‘g‘risida"gi qarori loyihasi jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

Liniya po proizvodstvu sementa - Sputnik O‘zbekiston
Surxondaryoda qiymati 144 million dollarlik sement zavodi ishga tushdi

Hujjatga ko‘ra, 2022-yil 1-yanvardan boshlab barcha sement ishlab chiqarish korxonalari atmosfera havosini ifloslantirish manbalarida namunalarni olish va tahlil qilish bo‘yicha avtomatik stansiyalar, shuningdek, ularga tutash hududlarda statsionar kuzatish punktlari o‘rnatishi lozim. Ular sement zavodlar mablag‘lari hisobidan o‘rnatiladi.

Mazkur talablar bajarilmagan taqdirda, sement zavodlarga nisbatan faoliyatini to‘xtatishgacha bo‘lgan choralari qo‘riladi.

2020 yil 1-yanvardan boshlab sement korxonalarining barchasi ifloslantirish manbalar monitoringi amalga oshiriladigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning ro‘yxatiga majburiy kiritiladi.

Yangiliklar lentasi
0