MIBning bir vakolati boshqa tashkilotga o‘tkaziladi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaSotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya provodit reyd po adresam doljnikov
Sotrudnik Buro prinuditelnogo ispolneniya provodit reyd po adresam doljnikov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Prezident farmoni bilan 2020-yil 1-yanvardan Majburiy ijro burosi suv ta’minoti va suv chiqarish uchun to‘lov va qarzlarni yig‘ish bilan shug‘ullanmaydi.

TOShKENT, 27 noya – Sputnik. 2020-yil 1-yanvardan Majburiy ijro burosi suv ta’minoti va suv chiqarish uchun to‘lovni yig‘ish bilan shug‘ullanmaydi. Bu prezident tomonidan qabul qilingan farmonda ko‘zda tutilgan.

Endilikda bu tashkil etilgan “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar vazifasiga kiradi.

“2020 yil 1-yanvardan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro burosining ko‘rsatilayotgan suv ta’minoti va suv chiqarish xizmatlari uchun to‘lovlarning to‘liqligi va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash, iste’molchilarning qarzdorligini kamaytirish bo‘yicha funksiyalarini “O‘zsuvta’minot” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlarga o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin”, - deyiladi hujjat matnida.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligi Yagona davlat suv fondi suvlarini hisobga olish, monitoring qilish, xavfsizligi va sifatini ta’minlashni muvofiqlashtirish sohasida vakolatli davlat organi etib belgilangani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0