02:48 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
212 0 0

Tomonlar qoʻshma korxonaning taʼsis hujjatlarini tayyorlash va roʻyxatga olishni tezlashtirish boʻyicha kelishuvga erishishdi.

TOSHKENT, 27 noya - Sputnik. “Oʻzbekneftgaz” va “Tatneft” qoʻshma korxona tashkil etishga kelishib oldi. Bu haqda “Oʻzbekneftgaz” matbuot xizmati xabar qildi.

Toshkentda boʻlib oʻtgan uchrashuvda “Andijonneft” AJ konlarida neft qazib olishni koʻpaytirish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etishning asosiy shartlari kelishib olindi.

Shuningdek, qoʻshma korxonaning taʼsis hujjatlarini tayyorlash va roʻyxatga olishni tezlashtirish boʻyicha kelishuvga erishildi.

Tomonlar Toshkent yaqinidagi investitsiya blokida geologiya-qidiruv ishlarini olib borish boʻyicha materiallarni koʻrib chiqish va qaror qabul qilishni, shuningdek, Toshkent shahridagi “Tatneft” brendi ostidagi AYOQShni rekonstruktsiya qilish va ishga tushirishni tezlashtirishga kelishib oldilar.

“Tatneft” kompaniyasi oʻtgan yili 29,5 mln tonna neft qazib olgan, 2030 yilga kelib ushbu raqamlarni 35 mln tonnagacha, jumladan, yangi loyihalar hisobiga koʻpaytirish kutilmoqda.

Asosiy mavzular