02:21 21 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (82)
41020

Biznes-ombudsmen oʻrinbosari Oʻzbekiston tadbirkorlarini 2020 yilda kutayotgan yangiliklar haqida ham qisqacha toʻxtaldi. Taʼkidlashicha, hozirda tadbirkorlikka ruxsat beruvchi hujjatlarni imkon qadar qisqartirish ustida ishlar olib borilmoqda.

TOSHKENT, 27 noya - Sputnik. Oʻzbekistonda biznes ombudsmenga oʻtgan davr mobaynida 5 mingdan oshiq murojaatlar kelib tushgan, dedi Oʻzbekiston prezidenti huzuridagi tadbirkorlik subʼyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil oʻrinbosari Jamshid Urinov Xalqaro Press Klubning navbatdagi, tadbirkorlik masalalariga bagʻishlangan sessiyasida.

Prezentatsiya proyekta Tashkent-2025: transformatsiya v xokimiyate Tashkenta
© Sputnik / Ramiz Baxtiyarov

"Shundan toʻrt mingdan ortigʻi hal qilingan. Aniqlangan qonun buzilishi holatlari boʻyicha 500 ga yaqin taʼsir choralar qoʻllanilgan. 77 holatda 37 milliard soʻmlik daʼvo arizalari kiritilgan", - dedi Urinov.

Oʻzbekistonda ombudsmen institutining tashkil etilishiga nima turtki boʻldi, degan savolga javob berar ekan, suhbatdosh ilgari ham tadbirkorlar huquqlarini himoya qiluvchi tuzilmalar boʻlgani va ular hozir ham borligini, biroq bulardan farqli ravishda biznes-ombudsmenning muhim bir jihati - u prezident huzurida tashkil qilingani va faqat prezidentga boʻysunishi, faqat prezidentga hisobot berishini taʼkidladi.

"Ishda faqat konstitutsiya va qonunlarga boʻysunamiz, hech qaysi davlat organi oldida biz hisobdor emasmiz", - deb qoʻshimcha qiladi Urinov.

Biznes-ombudsmen oʻrinbosarining aytishicha, tuzilma tashkil etilgan kundan boshlab, tadbirkorlarni kutib oʻtirmaymiz, degan bir gʻoyani shior qilib olgan.

"Qachon biza shikoyat qilisharkin, qachon kim muammosini koʻtarib kelishini kutib oʻtirmaymiz. Bizlar oʻzimiz boramiz. Respublikamizda birorta tuman qolmadi biznes-ombudsmen vakillari kirib bormagan. Shu paytgacha 60 mingdan ortiq tadbirkorlar bilan uchrashdik. Ular tomonidan koʻtarilgan masalalar imkoni boʻlgan joyida bir ogʻiz gap bilan hal qilindi", - deydi suhbatdosh.

Oʻtgan davr mobaynida biznes-ombudsmenga 5 mingdan oshiq murojaatlar kelib tushgan. Shundan 4 mingdan ortigʻi hal qilingan. 77 holatda 37 milliard soʻmlik daʼvo arizalari kiritilgan, shundan 30 milliard soʻmlik qismi sudlar tomonidan koʻrib chiqilib, daʼvo arizalari qanoatlantirilgan.

"Prezidentga hisobotlar muntazam ravishda olib kiriladi, men oyda bir marta yoki ikki marta hisob beraman, deb aytolmayman. Chunki zarurat har xil boʻladi", - deydi Urinov.

Urinovning soʻzlariga koʻra, hozirda Oʻzbekistonda tadbirkorlarni nazorat qiluvchi 39ga yaqin organ mavjudligini aytadi.

"Ularning ustidan turli xil shakllarda murojaatlar tushayapti", - deydi u.

Tadbirkorlar orasida eng koʻp uchraydigan muammolar haqida toʻxtalar ekan, Urinov, ular uch toifaga boʻlinishini qayd etadi. Birinchisi, aksariyat tadbirkorlarni yer masalasi aksariyat qiynashini aytadi. Ikkinchi masala – pul masalasi. "Tadbirkorlarga umuman dunyo boʻyicha pul kerak, pul boʻlganda ham arzon shakli kerak. Banklarimiz belgilangan stavkadan past pul ajratadigan boʻlsa, oʻziga zarar boʻladi. Bizni nazarimizda ular ham tadbirkorlik subʼyekti", - deya tushuntiradi biznes-ombudsmen oʻrinbosari.

Tadbirkorlarni oldida turgan uchinchi masala – bu kommunikatsiya, yaʼni tarmoqlarga ulanish - gaz, svet, suvga oid masaladir.

Yer masalasiga toʻxtalar ekan, biznes-ombudsmen oʻrinbosari iqtisodiyot rivojlanishi bilan yerga boʻlgan ehtiyoj pasayib ketishini prognoz qiladi.

"Mana, Apple, "Amazon" yoki Alibaba kompaniyalarini olib qaraydigan boʻlsak, haqiqatda, ularni "starti" uchun joy kerak boʻlgan, lekin ular bugun internetda shu darajaga yetguniga qadar ishlarini oddiy doʻkondan boshlashgan. Bugun bular dunyodagi eng boy kompaniyalar hisoblanadi. Shu bois, vaqti kelib bizlarda ham yerga boʻlgan ehtiyoj bugungidek boʻlmay qoladi. Biz bora-bora yerdan samarali foydalanishni oʻrganamiz", - dedi Urinov.

Biznes-ombudsmen oʻrinbosari Oʻzbekiston tadbirkorlarini 2020 yilda kutayotgan yangiliklar haqida ham qisqacha toʻxtaldi.

"Hozirda tadbirkorlikka ruxsat beruvchi hujjatlarni imkon qadar qisqartirish ustida ishlayapmiz. Tadbirkor ish oʻrni beradi, davlat iqtisodini rivojlantiradi. Tadbirkorlikka ehtiyoj bor ekan, biz fuqarolarimizga shu istakni amalga oshirishga imkoniyat berishimiz kerak. Hozirda erkinlik yaratilayotgan qonunlar ustida ishlanayapti", - dedi oʻz soʻzi yakunida Urinov.

Mavzu:
Oʻzbekistonda parlament saylovlari – 2019 (82)

Asosiy mavzular