Davlat qarzini boshqarishga doir prezident farmoni tayyorlandi

© Sputnik / Vitaliy Timkiv / Mediabankka o‘tishDenejnie kupuri: yevro i dollari
Denejnie kupuri: yevro i dollari - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hisob palatasi tuzilmasida davlat qarzi hisobiga moliyalashtirilgan loyihalarni audit qilish sho‘’basi tashkil etiladi.

TOShKENT, 28 noya – Sputnik. “Davlat qarzini samarali boshqarish va jalb qilinayotgan qarz mablag‘laridan unumli foydalanishni ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident farmoni loyihasi tayyorlandi.

Sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston tashqi qarzi 20% ga oshdi

“O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan Jahon banki va Xalqaro valyuta jamg‘armasi texnik ko‘magida Davlat qarzini boshqarishning o‘rta muddatli strategiyasi ishlab chiqilganligi;

Xalqaro valyuta jamg‘armasining yo‘riqnomasi asosidagi Moliya vazirligining hisob-kitoblariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasida makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash uchun davlat qarzining maksimal darajasi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 50 foizdan oshmasligi lozimligini inobatga olib, 2020-yilda imzolanadigan davlat tashqi qarz bitimlarining yuqori chegarasi 4 mlrd AQSh dollarini tashkil etishi;

davlat qarzini boshqarishning o‘rta muddatli strategiyasini mamlakatdagi makroiqtisodiy o‘zgarishlar va tashqi omillarni hisobga olgan holda har yili O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanishi lozimligi ma’lumot uchun qabul qilinsin”, - deyilgan hujjatda.

Davlat tashqi qarzi hisobidan (shu jumladan davlat kafolati ostida)  moliyalashtiriladigan loyihalarni tanlab olish va natijadorligini nazorat qilish bo‘yicha Hukumat komissiyasi tasdiqlanadi.

Hujjatda qayd etilishicha, 2020-yil 1-yanvardan boshlab:

- ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan yuqori bo‘lgan yuridik shaxslar hamda ustav fondining (ustav kapitalining) 50 foizi va undan ortig‘i ularga tegishli bo‘lgan yuridik shaxslar tomonidan tashqi qarz majburiyatlarini jalb qilish va o‘zlashtirish masalalari faqatgina Moliya vazirligi bilan muvofiqlashtirilgan holda amalga oshiriladi;

- davlat tashqi qarzi hisobidan moliyalashtiriladigan loyihalarda mablag‘larning jalb qilinishi va o‘zlashtirilishi tegishli vazirlik va idoralar tomonidan Ishchi organ bilan muvofiqlashtiriladi.

Eslatib o‘tamiz, sentabr oyida Markaziy bank 2019-yil 1-iyul holatiga O‘zbekiston tashqi qarzi 20,7 milliard dollarni tashkil qilganini ma’lum qilgandi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 3,4 milliardga ko‘p va O‘zbekiston YaIMning 37%dan ko‘pini tashkil qiladi.

Yangiliklar lentasi
0