O‘zbekiston dunyoda birinchi bo‘lib qovunqoq standartini joriy etdi

© Sputnik / Dilshoda RaxmatovaFestival "Kovun sayli" v Gulistane
Festival Kovun sayli v Gulistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
BMT komissiyasi O‘zbekiston taqdim etgan quritilgan qovun standartini qabul qilndi. Endi qovunqoqni butun dunyoga eksport qilish mumkin.

TOShKENT, 28 noya - Sputnik. BMTning Yevropa Ittifoqi bo‘yicha Iqtisodiy komissiyasi O‘zbekiston tomonidan taqdim etilgan quritilgan qovun standartini qabul qildi. Bu haqida "O‘zstandart" matbuot xizmati Sputnikka xabar qildi. 

“O‘zbekoziqovqatxolding” XK va “O‘zstandart” agentligi bilan xamkorlikda YeIIKga ilk marotaba quritilgan qovunning xalqaro bozor standarti kiritildi va rasman komissiya tomonidan qabul qilindi. 

Mazkur standart eksportchilarimizga quritilgan qovunni butun jaxonga eksport qilishiga imkonyat beradi", - deyilgan xabarda. 

Bundan buyon o‘zbekistonlik tadbirkorlar qovunqon standartni o‘zining ishlab chiqarish jarayoniga joriy qilishi mumkin bo‘ladi. Xususan, eksport qilinadigan qovunqoq quyidagi talablarga javob berishi kerak:

  • iste’mol qilishga tayyor bo‘lishi;
  • toza, yot jismlardan xoli bo‘lishi;
  • tirik zararkunanda hashorotlar va ularning tuxumlaridan xoli bo‘lishi;
  • hashorotlar faoliyatining izlari ham bo‘lmasligi;
  • tarkibida rangi boshqa joyidan farq qiluvchi dog‘lar bo‘lmasligi;
  • mog‘orlash, chirish alomatlari bo‘lmasligi;
  • namlik darajasi belgilangan miqdor chegarasida bo‘lishi;
  • mahsulotga xos bo‘lmagan hid, ta’m bo‘lmasligi;
  • biroz tuz, limon kislota yoki konservantlar bo‘lishi mumkin; 
  • transportirovka jarayonida o‘z xususitalarini yo‘qotmasligi kerak.

Ayni paytda “O‘zbekoziqovqatxolding”XK muttaxasislari “Yer Yong‘oq” va moshning xalqaro bozor standartlari ustida ish olib bormoqdalar. Standartning batafsil nashri tadbirkorlar uchun foydalanishga “O‘zbekoziqovqatxolding” XK tomonidan taqdim etiladi.

Yangiliklar lentasi
0