Iste’mol savatchasi tarkibini aniqlash uchun bir necha yil kerak – vazir

© Sputnik / Aleksey Malgavko / Mediabankka o‘tishProdaja kurinix yais v regionax Rossii
Prodaja kurinix yais v regionax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda iste’mol savatchasiga 50ta tovar kiritiladi. Mahsulotlar aholi turar joyi, yoshi, turmush tarzi va an’analarga ko‘ra farq qilishi mumkin.

TOShKENT, 2 dek – Sputnik. Aholining yashash minimumi hamda iste’mol savatchasi tarkibini aniqlash uchun bir necha yil kera bo‘lishi mumkin, dedi iqtisodiyot va sanoat vaziri Botir Xujayev, Senatning 24 yalpi majlisida.

Prodaja kurinix yais v regionax Rossii - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda "yashash minimumi" va "iste’mol savatchasi" tushunchalari joriy etiladi

Yashash minimumi va iste’mol savati bir-biri bilan chambarchar bog‘liq bo‘lgan tushunchalardir. Ularning birini ikkinchisidan alohida tartibda aniqlab bo‘lmaydi. Ushbu ko‘rsatgichlarni aniqlashda O‘zbekiston ham xorijiy davlatlar tajribasini ham MDH davlatlari tajribasini o‘rgangan. Xususan, Rossiya va qo‘shni Qozog‘iston tajribasidan. Masalan Rossiyada iste’mol savatini muvozanatga keltirish uchun 10-yil vaqt ketgan, dedi vazir.

Hozircha ma’lum bo‘lishicha, O‘zbekistonda iste’mol savatchasiga 50ta oziq-ovqat mahsulotlari kiritish rejalashtirilgan. Lekin, iste’mol savatchasi aholi turar joyi, mashg‘uloti va yoshiga qarab farq qilishi mumkin. Undan tashqari tarixiy an’analar, shahar yoki qishloq sharoitida yashashi ham muhim ahamiyat kasb etadi.

Ushbu yo‘nalishda O‘zbekistonda izlanishlar puxta va chuqur olib borilmoqda. Ayni damda O‘zbekiston iste’mol savatini aniqlash metodikasini ishlab chiqmoqda. 2019-yil boshidan buyon Toshkent va Farg‘ona viloyatlarida ushbu yo‘nalishda sinov tariqasida iste’mol savatchasi tarkibi aniqlanib, hisobotlar har chorakda tayyorlanmoqda, dedi vazir.

Yangiliklar lentasi
0