01:23 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99

Maksim Oreshkin Oʻzbekiston iqtisodiyoti imkoniyatlarini yuqori baholadi

© Sputnik / Aleksey Filippov
Iqtisod
Havola olish
209 0 0

U bu xaqda 30 noyabr kuni Moskvadagi Milliy tadqiqot universiteti Oliy iqtisodiyot maktabida boʻlib oʻtgan  yigʻilishda gapirgan. Video allaqachon YouTube-da ommalashgan

TOSHKENT, 3 dek - Sputnik. Oʻzbekiston iqtisodiyoti sobiq ittifoq hududida ikkinchi oʻrinni egallashi mumkin, dedi Rossiya iqtisodiy rivojlanish vaziri Maksim Oreshkin.

U bu xaqda 30 noyabr kuni Moskvadagi Milliy tadqiqot universiteti Oliy iqtisodiyot maktabida boʻlib oʻtgan  yigʻilishda gapirgan. Video allaqachon YouTube-da ommalashgan.

Bir talaba vazirdan, Oʻzbekiston Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEAES) aʼzo boʻlganida, imtiyozlarga ega boʻladimi, deya soʻragan.

Vazir bu savolga toʻgʻridan-toʻgʻri javob bermadi, faqatgina bu mavzu juda koʻp muhokama qilinayotganini aytdi.

Shuningdek, u Oʻzbekiston iqtisodiyotida katta islohotlar amalga oshirilayotganini va Shavkat Mirziyoyev hokimiyat tepasiga kelganida koʻplab muammolar mavjud boʻlganini qayd etdi.

"Aslida, men Oʻzbekiston iqtisodiga taxminan 20 yil ichida sobiq ittifoq hududida Rossiyadan keyingi ikkinchi iqtisodga aylanishi mumkin boʻlgan iqtisoddek qarayman", - dedi Oreshkin.

Uning soʻzlariga koʻra, Rossiya va Oʻzbekiston birgalikda rivojlanishiga imkon beradigan barcha yechimlarni topadilar.

Shuningdek, iqtisodiy rivojlanish vazirligi rahbari barchani Oʻzbekistonga taklif qildi.

"Men barchaga Toshkentga borishni maslahat beraman. Zamonaviy poyezd Toshkentdan Samarqand va Buxoroga olib boradi. Men barchangizga bahor faslidagi talabalar taʼtilida goʻzal mamlakat - Oʻzbekistonni koʻrib kelishni tavsiya qilaman"

Eslatib oʻtamiz, mart oyida Maksim Oreshkin Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashuvda respublikada amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlarni yuqori baholagan edi.

Tomonlar muloqotning yangi koʻp bosqichli formati – ikki davlat bosh vazirlari darajasida ikki tomonlama hamkorlik boʻyicha qoʻshma komissiyaning tashkil etilishi, oʻzaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirishga yordam berishini taʼkidladilar.

Asosiy mavzular