02:25 07 Dekabr 2019
Efir
  • RUB147.79
  • EUR10476.36
  • USD9510.99
Bankovskiye kartы mejdunarodnыx platejnыx sistem VISA i MasterCard

Oʻzbekistonda HUMO terminallari Mastercard kartalarini qabul qilishni boshladi

© Sputnik / Grigoriy Sыsoyev
Iqtisod
Havola olish
163 0 0

Mastercard karta egalari butun mamlakat boʻylab oʻrnatilgan 170 mingdan ortiq terminallar orqali toʻlovlarni amalga oshirishlari mumkin.

TOSHKENT, 3 dek — Sputnik. Endi Mastercard karta egalari butun mamlakat boʻylab tovar va xizmatlar uchun haqni HUMO kartalariga xizmat koʻrsatadigan terminallar orqali toʻlashlari mumkin. Bu haqda Milliy banklararo protsessing markazi (MBPM) xabar qildi.

“Biz uchun mamlakatimiz aholisi va mehmonlari uchun yanada kengroq qulayliklar yaratishga koʻmaklashadigan  xalqaro toʻlov tizimlari bilan hamkorlikda bu juda muhim qadam. Shuni qayd qilishni istardikki, bulutli yangilanish tufayli funktsionalni ishga tushirish uchun  bankka borib oʻtirishning hojati yoʻq: HUMO terminallari Mastercard toʻlovlarini qabul qilish uchun tayyor”, – deydi MBPM direktori Shuhratbek Qurbonov.  

Hozirgi vaqtga kelib Mastercard kartalari egalari butun Oʻzbekiston boʻylab joylashgan 170 mingdan ortiq terminal orqali tovar va xizmatlar haqini kontaktsiz toʻlashlari mumkin.

Mastercard᾽ning Gruziya va Markaziy Osiyo boʻyicha bosh direktori Igor Stepanov ushbu yangilik Oʻzbekistonda  turizmni rivojlantirishga koʻmak beradi, shuningdek mamlakat iqtisodiyotini yanada ochiq va harakatchan qiluvchi naqdsiz toʻlovlarning yanada jadalroq rivojlanishiga zamin yaratadi deb hisoblaydi.

Mavzu boʻyicha

Oʻzbekiston banklari mijozlari Rossiyada oʻz kartalari bilan toʻlovni amalga oshirishlari mumkin
HUMO bankomatlari Visa kartalarini qabul qilishni boshladi
Teglar:
HUMO, Mastercard

Asosiy mavzular