Afg‘oniston O‘zbekiston orqali navbatdagi yuk poyezdini o‘tkazdi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovVokzal "Tashkent-Yujniy" posle rekonstruksii
Vokzal Tashkent-Yujniy posle rekonstruksii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Kuni kecha, 6-dekabr kuni Afg‘onistondagi Hayraton stansiyasidan ikkita vagondan iborat, 100 tonna mandarin ortilgan ikkita vagonli yuk poyezdi belgilangan manzil - Chimkent (Qozog‘iston) shahriga qarab yo‘l oldi.

TOShKENT, 7 dek - Sputnik. "O‘zbekiston temir yo‘llari" AJ Markaziy apparatida Afg‘oniston Xalqaro savdo palatasi raisi Meyl Aga Xayr Xva hamda Afg‘oniston Savdo-investitsiya palatasi raisi Tavakul Shoh Ahmad Yor boshchiligidagi afg‘on ishbilarmon doiralari bilan uchrashuv o‘tkazilgan.

Prezident Afganistana Ashraf Gani  - Sputnik O‘zbekiston
Afg‘oniston-Xitoy temir yo‘li: Ashraf G‘ani Mirziyoyevga minnatdorchilik bildirdi

"Mehmonlar O‘zbekiston hukumati tomonidan Afg‘oniston uchun nafaqat ijtimoiy-gumanitar, balki savdo-iqtisodiy sohalarda taraqqiy etishi uchun yaratilayotgan shart-sharoitlardan to‘liq qoniqish hosil qilganliklarini izhor qildilar. Mamlakatlar o‘rtasida transport-logistika sohasida hamkorlikni chuqurlashtirish masalalari muhokama qilindi", - deyiladi xabarda.

Xususan, mehmonlar, Xayraton stansiyasi yordamida O‘zbekiston orqali olib o‘tiladigan yuklar hajmini ko‘paytirishga katta qiziqish bildirganlar. Bu orqali Afg‘oniston shimoliy qismini rivojlantirishga umid bildirilgan.

Shu bilan birga, Afg‘oniston biznes-jamiyati xususan, neft va neft mahsulotlaridan iborat yuklarni tashishni rivojlantirishga tayyorligini aytgan.

Poyezd - Sputnik O‘zbekiston
Xitoy Afg‘oniston va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasida temir yo‘l barpo etadi

 

Afg‘onistondan O‘zbekiston orqali tranzit temir yo‘li orqali navbatdagi yuklarning yuborishi hamkorlikning amaliy natijasi bo‘ldi, deyiladi xabarda.

Kuni kecha, 6-dekabr kuni Afg‘onistondagi Hayraton stansiyasidan ikkita vagondan iborat, 100 tonna mandarin ortilgan ikkita vagonli yuk poyezdi belgilangan manzil - Chimkent (Qozog‘iston) shahriga qarab yo‘l oldi.

2019 yilda shu kunga qadar Afg‘onistondan (O‘zbekiston orqali) Rossiya Federatsiyasiga 252 tonna kishmish, Qozog‘istonga 130 tonna va Xitoyga 1066 tonna talk olib o‘tilgan. Jami 1628 tonnaga yaqin xalq xo‘jaligi tovarlari tranzit qilingan.

Afg‘onistonga 20dan ziyod konteynerli poyezdlar olib o‘tilgan. Bundan tashqari, joriy yil sentabr oyida Afg‘onistondan Xitoyga birinchi konteynerli poyezd yuborilgan edi. Ayni vaqtda navbatdagi konteyner-poyezdini yuborishga tayyorgarlik ko‘rilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0