Rossiyadagi eng mashhur avtomobil rusumlari aniqlandi

© Sputnik / Yevgeniya NovojeninaMoskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon
Moskovskiy mejdunarodniy avtomobilniy salon - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Noyabr oyida jami 156 848 dona avtomobil sotilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 6,4 foizga kam.

TOShKENT, 8 dek — Sputnik. “Avtostat” tahliliy agentligi 2019-yil noyabr oyi yakuniga ko‘ra sotilgan yengil va kam yuk oluvchi yuk mashinalar reytingini tuzdi.

V Minske kompaniya UzAvto prezentovala noviy brend RAVON. - Sputnik O‘zbekiston
Ravon Rossiyada narxlarini tushirdi

“LADA” rusumi eng mashhur ekani aniqlandi, noyabr oyida 31 217 dona sotilgan. Keyingi o‘rinda “KIA” (19 612 dona) va “Hyundai” (16 314 dona) qayd etilgan. Agentlik ushbu uch brendlar ulushi Rossiya avtomobil bozorining 40 dan ortiq foizini tashkil etganini ta’kidlagan.

Yetakchi beshlikka “Renault” (12 833 dona) va “Volkswagen” (9 160 dona) kiritilgan.

Eng ko‘p sotilgan o‘ntalikka “Skoda” (9 050 dona), “Toyota” (8 806 dona), “GAZ” (6 309 dona), “Nissan” (5 113 dona) va “Mitsubishi” (4 124 dona) kiritilgani reytingada ko‘rsatilgan.

Rossiyada noyabr oyida jami 156 848 dona avtomobil sotilgan. Bu o‘tgan yilning mos davriga qaraganda 6,4 foizga kam.

Yangiliklar lentasi
0