Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi DSP aksizi oshirilishiga qarshi chiqdi

© Sputnik / Aleksandr PolyakovStanok dlya obrabotki torsevix poverxnostey drevesno-strujechnix plit
Stanok dlya obrabotki torsevix poverxnostey drevesno-strujechnix plit - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda DSP importiga aksiz kiritishga hali erta - Monopoliyaga qarshi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi.

TOShKENT, 9 dek – Sputnik. O‘zbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi 2020 va 2021-yillarda rejalashtirilayotgan, import qilinadigan DSP mahsulotlari uchun aksiz solig‘ini oshirish tashabbusiga qarshi chiqdi.

Sabab – O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan yog‘och qirindili plitalar (DSP) ulushi hozircha juda kam. Xususan, 2017-yilda mahalliy DSP mahsulotlari bozorning 25,6 %ini va 2018-yilda – 16,7 % ini tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatgich 80 %ga yetganda bozor mahalliy mahsulot bilan to‘lgan  hisoblanadi, deyilgan Qo‘mita xabarida.

Ushbu munosabat bilan, Monopoliyaga qarshi kurash qo‘mitasi prezident qarori loyihasidan taaluqli bo‘limlarni chiqarib tashlashni taklif qilgan.     

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun oldin Normativ-huquqiy hujjatlarni muhokama qilish portaliga prezidentining “Yog‘och qirindili plitalar hamda ularning muqobil turlarini ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish, importni qisqartirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi qarori loyihasi joylashtirilgan edi. Unda 1 metr kub yog‘och-qirindili plitalar va uning muqobil turlariga 2020-yil 1-yanvardan boshlab - 25 AQSh dollari hamda 2021-yil 1-yanvardan boshlab - 30 AQSh dollari miqdorida aksiz solig‘i joriy etish taklif qilingan.

Yangiliklar lentasi
0