08:17 03 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (39)
128422

Joriy yilning kuz oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev respublikaning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilish masalasini ishlab chiqish toʻgʻrisida topshiriq berdi.

TOSHKENT, 10 dek — Sputnik. Hozirda Toshkent Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YEOII) salohiyatini batafsil oʻrganmoqda. Bu haqda mamlakat moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Sputnik Oʻzbekiston muxbiriga maʼlum qildi.

“Oʻzbekiston YEOII doirasidagi integratsion jarayonlarning ijobiy va salbiy tomonlariga baho bermoqda, - dedi Qoʻchqorov. – Menimcha, ijobiy tomonlari koʻproq. Qaror qabul qilish bir kunlik yoki bir oylik ish emas. Agar bu bizga foydali boʻlsa, albatta, qoʻshilamiz”.

Vazirning soʻzlariga koʻra, respublika xalqaro hamkorlikni kengaytirishga tayyordir.

“Har bir mamlakat, Oʻzbekiston ham bundan mustasno emas, jahon iqtisodiyoti, savdo munosabatlari, ayrim infratuzilma jarayonlariga integratsiyalashishga intiladi, - deb taʼkidladi u. – Atrofimizda roʻy berayotgan jarayonlar, albatta, eʼtiborimizdan chetda qolmaydi”.

Oʻzbekistonda mamlakatning mintaqaviy va xalqaro tuzilmalarga qoʻshilishi xususida jamoatchilik va ekspert muhokamalar davom etmoqda.  Xususan, Prezident administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va izlanishlar markazida “Amaliy umumiy muvozanat modellari va Oʻzbekistonning JST va YEOIIga qoʻshilishi taʼsirini baholash” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga qoʻshilish masalasini ishlab chiqishni joriy yilning kuz oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirgan edi. Hozirda YEOOIga Rossiya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Belarus va Armaniston aʼzodir.

Mavzu:
Oʻzbekiston va YEOII – integratsiya istiqbollari (39)
Teglar:
YEOII, Oʻzbekiston

Asosiy mavzular