Andijon aeroporti yana ishlay boshladi

© YestravelMejdunarodniy aeroport Andijan
Mejdunarodniy aeroport Andijan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bir yillik tanaffusdan so‘ng Andijon xalqaro aeroporti o‘z faoliyatini qayta boshladi. Dastlabki parvozlar 22 va 27-dekabrda Moskvaga amalga oshiriladi.

TOShKENT, 11 dek – Sputnik. Andijon xalqaro aeroporti o‘z faoliyatini yangiladi, deb xabar qilmoqda Andijon viloyat hokimligi matbuot xizmati.

"Hurmatli andijonliklar! “Andijon Xalqaro aeroporti” ma’muriyati bir yillik tanaffusdan so‘ng yana Siz azizlar uchun o‘z faoliyatini boshlab, dekabr oyining 22 va 27 sanalarida Rossiya federatsiyasining “IRAERO” aviakompaniyasining SUPER JET-100 havo laynerida Moskva-Andijon-Moskva (Domodedovo) yo‘nalishini yo‘lga qo‘ydi, - deyilgan xabarda.

Andijon Xalqaro aeroporti Andijon shahrining janubi-g‘arbiy qismida, Yangi halqa yo‘li 1, manzilda joylashgan. Aeroport 1954-yilda qurilgan bo‘lib u dastlab harbiy samolyotlar aerodromi bo‘lgan. Bugungi kunda aeroport Havo transporti sohasidagi IATA va ICAO xalqaro uyushmalar a’zosi.  Aeroport 2018-yilning 28-oktabrida ta’mirlash uchun yopilgan edi.

Yangiliklar lentasi
0