23:11 28 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Iqtisod
Havola olish
522 0 0

Caudiyaliklar UzAuto Motors mahsulotlarini oʻz mamlakatlari bozorida ilgari surishga qiziqish bildirishmoqda.

TOSHKENT, 17 dek — Sputnik. “Oʻzavtosanoat“ AJda Saudiya Arabistoni Qirolligi kompaniyasi vakillari bilan amaliy uchrashuv oʻtkazildi.

UzAuto Motors​ matbuot xizmati xabariga koʻra, uchrashuv davomida saudiyaliklar UzAuto Motors mahsulotlarini oʻz mamlakatlari bozorida ilgari surishga qiziqish bildirishgan.

Qayd etilishicha, muzokaralar asosida kompaniya rahbari hamkorlik shartlarini muhokama qilishga va kelgusida dilerlik kelishuvini imzolashga tayyor ekanligini bildirgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Belarusda Ravon avtomobillari sotilishi boshlangani xabar qilingan edi.

Teglar:
eksport, Saudiya Arabistoni, UzAuto Motors

Asosiy mavzular