22:13 14 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
203 0 0

Energetika vazirligida “Korea Energy Agency” (KEA) va “Korea Industrial Consulting Center” (KICC) kompaniyasi vakillari bilan muzokara oʻtkazildi.

TOSHKENT, 21 dek - Sputnik. 2020 yildan boshlab Janubiy Koreyaning “Korea Energy Agency” (KEA) va “Korea Industrial Consulting Center” (KICC) kompaniyalari uchun yiliga begʻaraz asosda oʻrtacha 200 ming AQSH dollari miqdorida grant mablagʻlari ajratish niyatida. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qilmoqda.

Mablagʻlar Oʻzbekistonning energetika sohasini rivojlantirishni qoʻllab-quvvatlash uchun, jumladan, energiya samaradorligini oshirish sohasida kadrlar tayyorlash uchun sarflanadi.

Bu haqda Oʻzbekiston Energetika vazirligida Janubiy Koreya kompaniyalari vakillari bilan muzokaralar chogʻida maʼlum qilingan.

Taʼkidlanishicha, KICC kompaniyasi energiya samaradorligi sohasida istiqbolli texnik-iqtisodiy asoslash loyihasini tayyorlagan va bu hamkorlikning yana bir yoʻnalishiga aylanishi mumkin boʻlgan.

Tomonlar 2020 yilning fevral oyigacha hamkorlik yoʻnalishlari va istiqbolli loyihalar roʻyxati aks etgan memorandumni ishlab chiqish va imzolashni rejalashtirishmoqda.

Teglar:
iqtisod, Janubiy Koreya, Energetika vazirligi

Asosiy mavzular