14:46 27 Oktyabr 2020
Efir
  • RUB136.11
  • EUR12285.78
  • USD10359.88
Iqtisod
Havola olish
66601

Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri sanktsiyalarga qaramasdan qurib bitkazilishini maʼlum qildi.

TOSHKENT, 26 dek — Sputnik. “Shimoliy oqim-2” gaz quvuri sanktsiyalarga qaramasdan qurib bitkaziladi, dedi Rossiya energetika vaziri Aleksandr Novak RBK gazetasiga bergan intervyusida.

“Quvurning 160 kilometrdan ozroq qismini yotqizish qolgan”, - deya eslatdi u.

Shu bilan birga, vazir Shveytsariya “Allseas” kompaniyasi loyihaning oʻziga tegishli qismini oxiriga yetkaza olmaydi deyishga  hali erta ekanligini taʼkidladi. Kompaniya AQSH Moliya vazirligidan sanktsiyalar boʻyicha tushuntirish kutmoqda.

20 dekabr kuni AQSH prezidenti Donald Tramp 2020 yil uchun mudofaa byudjetini imzoladi, bunda “Shimoliy oqim-2” va “Turk oqimi” gaz quvurlariga qarshi sanktsiyalarni qoʻllash nazarda tutilgan.

AQSH pudratchi kompaniyalardan qurilishni darhol toʻxtatishni talab qildi. “Shimoliy oqim-2”ni quvurlarini yotqizish bilan shugʻullanuvchi “Allseas” kompaniyasi faoliyatini toʻxtatib qoʻydi.

Mavzu boʻyicha

"Biznesda yangi bosqich": ekspert “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalar haqida
Merkel “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalar uchun AQShga urush eʼlon qildi - Bild
Zaxarova AQShning “Shimoliy oqim-2”ga qarshi sanktsiyalarini tanqid qildi
Teglar:
sanktsiyalar, AQSH, Rossiya, Shimoliy oqim-2

Asosiy mavzular