“To‘maris” konidagi yangi quduqdan gaz olindi

© Sputnik / Yevgeniy Biyatov / Mediabankka o‘tishManometr
Manometr - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasidagi “To‘maris” koni 2018-yil avgust oyida ochilgan. Hozirda u yerdan kunlik 720 ming kub metr gaz qazib olinmoqda.

TOShKENT, 12 yanv — Sputnik. Joriy yilning 11-yanvar kuni “To‘maris” konida navbatdagi 4-sonli yangi quduq ishga tushirildi. U yerdan sanoat miqyosidagi kunlik 110 ming kub metr tabiiy oqimi olindi.

Energetika vazirligi xabariga ko‘ra, hozirgi kunda  kondagi jami 4 ta quduqdan kunlik 720 ming kub metr gaz qazib olinmoqda.

“To‘maris” konidan qazib olinayotgan tabiiy gaz qayta ishlanib magistral gaz quvurlari orqali iste’molchilarga yetkazib berilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, “To‘maris” koni O‘zbekiston va Turkmaniston chegarasida joylashgan. “O‘zbekneftgaz” uni 2018-yil avgust oyida ochgan edi.

Yangiliklar lentasi
0