06:59 28 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB136.28
  • EUR12210.60
  • USD10315.62
Iqtisod
Havola olish
199 0 0

Taʼkidlanishicha, “Itochu” kompaniyasi bilan 636,4 mln va “Marubeni” kompaniyasi bilan esa 510,1 mln dollarlik shartnomalar imzolangan.

TOSHKENT, 13 yanv — Sputnik. 2023-2030 yillarda Navoiy-kon metallurgiya kombinati (NKMK) Yaponiya kompaniyalariga umumiy qiymati 1 mlrd dollardan ortiq boʻlgan uran yetkazib beradi. Bu haqda NKMK matbuot xizmati xabar qildi.

Taʼkidlanishicha, “Itochu” kompaniyasi bilan 636,4 mln AQSH dollarlik va “Marubeni” kompaniyasi bilan 510,1 mln AQSH dollarlik shartnomalar imzolangan. Hozirda tasdiqlangan “Yoʻl xaritasi”ga muvofiq, uranni oʻz vaqtida yetkazib berish boʻyicha tarmoq jadvali tuzilgan.

Oʻtgan yilning dekabr oyida Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga rasmiy tashrifi amalga oshirildi. Mazkur tashrif yakunlari boʻyicha “Oʻzbekiston Respublikasi va Yaponiya oʻrtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada kengaytirish va mustahkamlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaror qabul qilindi.

Qarorga asosan investitsiya loyihalari va savdo shartnomalarini oʻz vaqtida ijro etish boʻyicha “Yoʻl xaritasi” tasdiqlandi. Ushbu amaliy harakatlar rejasining bandlaridan biri bu – Navoiy kon-metallurgiya kombinati tomonidan uzoq muddatli eksport shartnomalarini amalga oshirish boʻyicha loyihalardir.

Navoiy kon-metallurgiya kombinati respublikada eksportga moʻljallangan tabiiy uranni yagona ishlab chiqaruvchisidir. Kombinat eksportining asosiy qismi (90 foizdan koʻprogʻi) tabiiy uranning hissasiga toʻgʻri keladi. Uran Yaponiya, AQSH, Hindiston, Xitoy va Janubiy Koreya kabi davlatlarga eksport qilinadi. Bugungi kunda kombinat tomonidan qazib olinadigan uranning asosiy xaridorlari bu – Yaponiyaning “Itochu” va “Marubeni” kompaniyalaridir.

Asosiy mavzular