16:07 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
382 0 0

Jahon bankining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan hisobotida mamlakat iqtisodiyoti oʻsishi taxmin qilingan.

TOSHKENT, 15 yanv — Sputnik.  Jahon banki 2020 yilda Oʻzbekiston iqtisodiyoti 5,7 foizga oʻsishini prognoz qilmoqda. Ushbu raqamlar Jahon bankining dunyo mamlakatlari iqtisodiyotining rivojlanish istiqbollariga bagʻishlangan joriy yil yanvar oyidagi hisobotida keltirilgan.

Jahon banki Oʻzbekiston YAIM oʻsishini prognoz qildi
Jahon banki Oʻzbekiston YAIM oʻsishini prognoz qildi

Mazkur bankning 2019 yil iyun oyida eʼlon qilingan prognozlari bilan taqqoslaganda, Oʻzbekiston boʻyicha bu koʻrsatkichlar koʻtarilgan. Oʻshanda 2020 yilda Oʻzbekiston YAIM oʻsishi 5,5 foizni tashkil etishini prognoz qilgandi.

Hisobotda keltirilishicha, 2021 yilda Oʻzbekistonda real YAIM 6 foizga, 2022 yilda ham 6 foizga oʻsadi. 

Asosiy mavzular