15:06 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
551 0 0

Oʻzbekistonda oldin maxfiy boʻlgan xaritalar ochiqlandi, aero va kosmik suratlardan foydalanishga ruxsat berildi.

TOSHKENT, 15 yanv - Sputnik. Oʻzbekistonda maxfiy hisoblangan ayrim xaritalar, geografik axborot tizimlaridan ochiq foydalanish boʻyicha cheklovlar olib tashlanadi. Bu haqda “Davlatergeodezkadastr” qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi

Qayd etilishicha, hukumat qarori bilan Oʻzbekistonda maxfiy boʻlgan ayrim xaritalardan ochiq foydalanish imkoni yaratiladi. Topografik xaritalarning maxfiylik darajasi keskin pasaytirilib, mahalliy koordinatalar tizimida tayyorlangan topografik xaritalar maxfiyligiga chek qoʻyiladi.

Mahalliy koordinatalar tizimida tayyorlangan barcha masshtabdagi topografik xaritalardan bir viloyat yoki Qoraqalpogʻiston Respublikasi miqiyosida ochiq foydalanish imkoni boʻladi.

Shuningdek, aero va kosmik sʼyomka materiallaridan respublika miqiyosida foydalanish boʻyicha barcha cheklovlar olib tashlanadi. Ushbu koordinatalar tizimlarida tayyorlangan barcha masshtabdagi topografik xaritalardan butun respublika miqiyosida ochiq foydalanish mumkin boʻladi.

Shaharlar va shaharchalarda 10 kv.km.dan (1 000 gektar) ziyod boʻlgan hudud uchun topografik xaritalarning maxfiyligi darajasi olib tashlanib, iqtisodiyotning turli sohalarida maxsus va tematik xaritalardan foydalanishga sharoit yaratiladi.  

Asosiy mavzular