11:25 27 Yanvar 2020
Efir
  • RUB155.06
  • EUR10585.77
  • USD9547.05
Iqtisod
Havola olish
58500

Oʻzbekiston Navoiy kon-metallurgiya kombinatini rivojlantirish uchun Rossiyadan katta kredit olishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 15 yanv – Sputnik. Oʻzbekiston Navoiy kon metatallurgiya kombinati zamonaviylashtirish maqsadida Rossiyaning Sberbank va VTB banklaridan 3,9 milliard dollarga yaqin miqdorda kredit olishni rejalashtirmoqda. Bu haqida Shavkat Mirziyoyev imzolagan yangi qarorda aytib oʻtilgan, RIA Novosti xabariga asosan.

Prezident qaroriga muvofiq NKMK Oʻzbekiston investitsion dasturining 2020-2022 yillardagi rejasiga kiritilgan.

Eslatib oʻtamiz, oldin NKMK 2017-2026 yillar ichida umumiy qiymati 27ta loyihalarni amalga oshirishni rejalashtirganini xabar qilgan edi. Ularni amalga oshirish majmuaning ishlab chiqarish quvvatini 30 %ga oshirish hamda qoʻshimcha 31 mingta ish oʻrinlari yaratish imkonini beredi.

Navoiy kon metatallurgiya kombinati Markaziy Osiyodagi eng yirik oltin ishlab chiqaruvchilaridan biridir. Qimmatbaho metall ishlab chiqarish hajmi korxonada yiliga 70 tonnani tashkil qiladi. Umumiy qazib olish miqdori 100 tonnaga yaqin.

Bugungi kunda kombinat 4ta metallurgiya zavodlaridan iborat. Navoiyda (KMZ-1), Zarafshonda (KMZ-2), Uchquduqda (KMZ-3) va Zarmetanda (KMZ-4). 2018 yilning mart oyida kombinat Markaziy qizilqumlik hududida Auminza-Amantay oltin konlari asosida beshinchi KMZni qurishga kirishgan edi.

Undan tashqari NKMK Oʻzbekiston yana bir eksport mahsuloti boʻlgan tabiiy uran ishlab chiqaruvchi yagona korxonadir.

Asosiy mavzular