Xitoy O‘zbekistonda hamonbop yuk avtomobillari ishlab chiqarishga 12 mln $ ajratadi

Obuna bo‘lish
Yangi kompaniya O‘zbekistonda yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi “JV MAN Auto-Uzbekistan” negizida tashkil etiladi.

TOShKENT, 16 yanv — Sputnik.  “O‘zavtosanoat”, “Sinotruk International Investment Limited” va “MAN Truck & Bus SE” “UZ TRUCK AND BUS MOTORS” tashkil etish to‘g‘risida kelishuv imzoladi.

Yangi kompaniya O‘zbekistonda yuk avtomobillari ishlab chiqaruvchi “JV MAN Auto-Uzbekistan” negizida tashkil etiladi.

Xitoy kompaniyasining korxona ustav fondiga kiritgan investitsiya hajmi 12,1 mln dollarni tashkil etdi.

Avtomobili KamAZ sobrannie v Samarkande  - Sputnik O‘zbekiston
Samarqanddagi KAMAZ qo‘shma korxonasida yangi sex ishga tushdi

Qayd etilishicha, investitsiyalar ishlab chiqarish quvvatlarini yiliga 3 ming tijorat texnikasidan 6 ming donaga yetkazish, yangi modellar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish va butlovchi detallarni mahalliylashtirishga yo‘naltiriladi.

Ushbu loyiha 100dan ortiq ish o‘rinlari yaratish, korxonaning eksport salohiyatini oshirish, shuningdek ishlab chiqarilayotgan tijorat texnikasi mahalliylashtirish darajasini 50%gacha yetkazish imkonini beradi.

“Ushbu qaror bozorni arzonroq, shu bilan birga sifatli bo‘lgan, raqobatbardosh va xaridorlar uchun hamonbop yuk avtomobillari bilan ta’minlash, respublika ichida turli brendlar o‘rtasida raqobatni oshirish, shuningdek yuk ko‘tarish qobiliyati 5 tonnadan 70 tonnagacha bo‘lgan, jumladan samosvallar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish maqsadida qabul qilindi”, - deyilgan xabarda.

Yangiliklar lentasi
0