15:38 29 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
471 0 0

Davlat statistika qoʻmitasi kuzatuvlariga koʻra Toshkent shahrining “Farhod dehqon bozori”da eng arzon narxda shakar xarid qilish mumkin.

TOSHKENT, 16 yanv — Sputnik. Toshkentning “Farhod dehqon bozori”da xaridorlar shakarni arzon narxda sotib olishlari mumkin. Ushbu bozorda shakar 5200 soʻmdan sotilmoqda. Bu haqda Davlat statistika qoʻmitasining axborot xizmati maʼlumot berdi.

Maʼlum boʻlishicha, shakarning maksimal narxi Nukus shahrining “Nukus dehqon bozori”, Andijon shahrining “Yangibozor dehqon bozori” va “Andijon shahar markaziy dehqon bozori”, Jizzax shahrining “Jizzax markaziy dehqon bozori” hamda  “Eski shahar dehqon bozori”da 6500 soʻmdan kuzatilgan.

Shuningdek, Samarqand shahrining “Siyob dehqon bozori”, “Temiryoʻl dehqon bozori”, “Damariq dehqon bozori”, Toshkent shahrining “Oloy dehqon bzori” hamda “Mirobod dehqon bozori” da ham shakarning narxi 6500 soʻmdan sotilmoqda.

Asosiy mavzular