01:02 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Iqtisod
Havola olish
51610

Oʻtgan yilda Oʻzbekistonga umumiy hisobda 50dan ortiq davlat investitsiya kiritgan, lekin eng yirik investorlar bu – Xitoy, Rossiya va Germaniya boʻlgan.

TOSHKENT, 18 yanv - Sputnik. Investitsiyalar va Tashqi savdo vazirlgi xabar qilishiga koʻra, 2019 yilda Oʻzbekiston iqtisodiga kiritilgan investitsiyalar miqdori kutilganidan 2 baravar koʻp boʻlgan.

“2019 yil davomida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan investitsiyalarni oʻzlashtirish hajmi 220,7 trln soʻmga yetkazilib, tasdiqlangan yil prognoziga nisbatan 2 barobarga oʻsdi”, - deyilgan xabarda.  

Vazirlik xabariga koʻra, Oʻzbekistonga kiritilgan investitsiyalarning umumiy miqdori 13,3 mlrd.doll.ni tashkil qilgan boʻlib, undan 9,3 milliard dollar - toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar va kreditlar, 4 milrd dollar - davlat kaflati ostidagi xorijiy investitsiyalar va kreditlar.

Vaholanki, oʻtgan yilda BMT (YUNKTAD) butun dunyoda investitsiyalar miqdori 19 %ga kamayganini qayd etgan. Shunday vaziyatda Oʻzbekistonda investitsiyalar miqdori 2018 yilga nisbatan 3,2 baravar oʻsgan.   

Oʻzbekistonga umumiy hisobda 50dan ortiq davlat investitsiya kiritgan boʻlsa-da, ular orasida eng yirik investorlar bu – Xitoy, Rossiya va Germaniya boʻlgan.

Asosiy mavzular