06:01 19 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Iqtisod
Havola olish
624 0 0

Amirlik tomonidan obʼyektning aktsiyalarini sotib olish va xususiylashtirish jarayoni 2020 yilning uchinchi choragida rejalashtirilgan

TOSHKENT, 19 yanv — Sputnik. Oʻzbekiston va BAAning  “Mubadala” kompaniyasi "Tolimarjon” IES bazasida mavjud energobloklarni xususiylashtirish va yangilarini qurish loyihasini amalga oshirish toʻgʻrisida kelishuv imzoladi. Bu haqda Investitsiya va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, kelishuv Tolimarjon energetika kompleksini xususiylashtirish, rivojlantirish, moliyalashtirish va ekspluatatsiya qilishning mexanizmlari va shartlarini belgilaydi.

Amirlik tomonidan obʼyektning aktsiyalarini sotib olish va xususiylashtirish jarayoni 2020 yilning uchinchi choragida rejalashtirilgan.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekistonda “Tolimarjon” IES xususiylashtirilishi xabar qilingan edi.

Mubadala – Birlashgan Arab Amirliklarining davlat investitsiya kompaniyasi. Kompaniyaning investitsiya portfeli 200 mlrd dollarga teng boʻlib, uning tarkibi – yoqilgʻi-energetika tarmogʻi, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, metallurgiya, aerokosmik sektorlari, togʻ-kon sanoati hamda sogʻliqni saqlash sohalaridagi aktivlardan iborat.

Asosiy mavzular