00:09 20 Fevral 2020
Efir
  • RUB150.07
  • EUR10319.35
  • USD9528.49
Iqtisod
Havola olish
665 0 0

Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov “Renova” kompaniyalari guruhi direktorlar Kengashining raisi Viktor Vekselberg bilan muzokaralar oʻtkazdi.

TOSHKENT, 20 yanv — Sputnik. “Renova” kompaniyalari guruhi Oʻzbekistonda quyosh elektr stantsiyalari qurish boʻyicha oʻtkazilayotgan tenderlarda qatnashish hamda quyosh batareyalarini ishlab chiqarishga qiziqish bildirdi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Oʻzbekiston energetika vaziri Alisher Sultonov “Renova” kompaniyalari guruhi direktorlar Kengashining raisi Viktor Vekselberg bilan muzokaralar oʻtkazdi. Unda hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi.

“Rossiya tomoni tajriba almashish, shuningdek, Oʻzbekistondagi loyihalarda ishtirok etish, quyosh elektr stantsiyalari qurish boʻyicha oʻtkazilayotgan tenderlarda qatnashish, qolaversa, Oʻzbekistonda quyosh batareyalarini birgalikda ishlab chiqarishni tashkil etish, keyinchalik respublikada amalga oshirilayotgan loyihalarda ulardan foydalanish imkoniyatlarini koʻrib chiqishni taklif etdi”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, muzokaralar davomida “Raqamli konlar” platformasi negizida uglevodorodlarni oʻzlashtirish samaradorligini oshirish boʻyicha milliy markaz yaratish, Oʻzbekistonda qayta tiklanuvchi va muqobil energiya sohasida hamda zarur texnologiyalarni yetkazib berish kabi yoʻnalishlarda hamkorlik qilish istiqbollari muhokama qilindi.

“Renova” kompaniyalari guruhi oʻrnatilgan quvvati 14 GVtga teng Rossiyadagi yirik xususiy elektr energiyasi ishlab chiqaruvchi boʻlib, mamlakatning 20 ta hududida faoliyat koʻrsatadi.

Asosiy mavzular