20:10 24 Noyabr 2020
Efir
  • RUB136.69
  • EUR12344.73
  • USD10414.86
Iqtisod
Havola olish
905 0 0

Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Oʻzbekistonda kambagʻallik muammosini yoʻq qilish strategiyasi haqida aytib berdi.

TOSHKENT, 27 yanv - Sputnik. Moliya vaziri Jamshid Qoʻchqorov Oʻzbekistonda kambagʻalchilikni yoʻq qilishga qaratilgan chora tadbirlar haqida qoʻyidagilarni aytib berdi. Sputnik muxbiri xabariga asosan. 

Jamshid Qoʻchqorov aytishiga qaraganda, bugungi kunda Oʻzbekistonda mavjud boʻlgan, kambagʻallarga yordam berish tizimlari samarali emas. Shuning uchun ularning natijalari ham yuqori emas. 

Moliya vazirligi bu borada oʻz strategiyasini ishlab chiqqan. 

  1. Birinchi navbatda kambagʻallar sonini hisoblab olamiz, deydi Qoʻchqorov. Statistika boʻyicha Oʻzbekistonda kam daromadli aholi 11,8%ni tashkil qiladi. Bu 4.5 – 5 million kishi boʻlishi mumkin.   
  2. Kambagʻallikni kamaytirish buyicha prognozlar ishlab chiqamiz. 
  3. 2020 – 2025 yillarga moʻljallangan, ish oʻrinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ish oʻrinlari yaratishga qaratilgan strategiya ishlab chikamiz.

Aslida ushbu strategiya bugungi kunda ishlashni boshlagan. Jahon banki Fargona viloyatida kichik tadbirkorlik korxonalari uchun 200 million dollarlik kredit liniyasi ochgan. Bu loyiha qishloq hududlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uchun 125 000 dollargacha bulgan kreditlar berish. 

"Birovga nafaqa berish orqali kambagʻallikni kamaytirib boʻlmaydi. Faqat ish oʻrinlari yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish - bu ishda yordam berishi mumkin", - deydi vazir  

Asosiy mavzular