21:19 29 Mart 2020
Efir
  • RUB130.22
  • EUR10572.34
  • USD9520.34
Iqtisod
Havola olish
79710

Markaziy bank tomonidan kelib tushgan murojaat asosida ATB “InFinBank”da isteʼmol kreditlarini ajratish tartib-tamoyillari bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qanchalik javob berishi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi.

TOSHKENT, 28 yanv – Sputnik. Markaziy bank kelib tushgan murojaat asosida ATB “InFinBank”da isteʼmol kreditlarini ajratish tartib-tamoyillari bank xizmatlari isteʼmolchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlariga qanchalik javob berishi yuzasidan oʻrganish oʻtkazildi, deb xabar qildi MB matbuot xizmati.

Xabarda aytilishicha, oʻrganish davomida banklarda bir qator qoidabuzarliklarga yoʻl qoʻyilganligi aniqlandi. Jumladan, kredit shartnomalari bankning kredit boʻyicha foiz stavkasini bir tomonlama oʻzgartirish huquqi bilan tuzilgan;

kredit shartnomalarida isteʼmol kreditining toʻlovi uchun pul mablagʻlari koʻchirilgunga qadar davrda qarz oluvchilarning biron-bir toʻlovlarsiz kredit olishdan voz kechish huquqi belgilanmagan;

ayrim qarz oluvchilarga imzolangan shartnomalarning nusxalari berilmagan.

Shunga koʻra, ATB “InFinBank” ka isteʼmolchilarning huquqlarini tiklash, shu jumladan, kredit shartnomalari shartlarini qonunchilik talablariga muvofiqlashtirish yuzasidan koʻrsatma yuborildi.

Bank xizmatlarini koʻrsatish jarayonida yoʻl qoʻyilgan qoidabuzarliklar uchun ATB “InFinBank”ka nisbatan Oʻzbekiston Respublikasining “Banklar va bank faoliyati toʻgʻrisida”gi Qonunining 57-moddasiga muvofiq jarima sanktsiyalari qoʻllanildi.

Asosiy mavzular