01:44 11 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Iqtisod
Havola olish
365 0 0

Taʼkidlanishicha, bu – sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish bilan birga hokimlarning reja ortidan quvish va majburiy mehnatga jalb qilish amaliyotiga butunlay chek qoʻyadi.

TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev qishloq xoʻjaligida klasterlar faoliyatini yanada rivojlantirish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.

Yigʻilishda paxtachilik klasterlari faoliyatini takomillashtirish, paxta va gʻalla yetishtirishda davlat rejasini bosqichma-bosqich bekor qilish masalalari ham muhokama qilindi.

Davlat rahbari bu haqda joriy yil 24 yanvardagi murojaatnomasida aytgan edi.

“Paxta va gʻalla yetishtirishga davlat buyurtmasini bekor qilib, ushbu mahsulotlarni bozor tamoyillari asosida xarid qilish tizimiga bosqichma-bosqich oʻtamiz. Agar bu yoʻldan bormasak, fermer va dehqonlarimiz mahsulot yetishtirishda erkin boʻlmaydi, ular oʻzlari kutganlaridek manfaat koʻrmaydi, hokimlarning esa ish uslubi oʻzgarmaydi”, degan edi Shavkat Mirziyoyev.

Taʼkidlanishicha, bu – sohada davlat aralashuvini keskin kamaytirish bilan birga hokimlarning reja ortidan quvish va majburiy mehnatga jalb qilish amaliyotiga butunlay chek qoʻyadi.

27 ta klasterga paxta yetishtirish uchun ularning quvvatiga nisbatan koʻp yer maydoni ajratilgani, 500 ming tonna tolani ishlab chiqarish quvvatiga ega ayrim klasterlarga esa yetarli miqdorda yer berilmagani keskin tanqidga sabab boʻldi.

Prezident klasterlarni tanlashda chuqur qayta ishlash darajasi va investitsiyalar hajmi, fermerlar bilan hisob-kitob qilishda mablagʻning yetarliligi asosiy mezonlar boʻlishi zarurligini taʼkidladi.

Klaster tashkil etilmagan paxta maydonlarida fermerlar ishtirokida kooperatsiyalar faoliyati yoʻlga qoʻyilishi belgilandi. Bunda oʻsha hududlardagi paxta tozalash zavodlari fermerlarga kooperatsiya tashkil etish uchun beriladi, qoʻshilgan qiymatdan tushgan daromad kooperatsiya aʼzolari – fermerlar oʻrtasida taqsimlanadi.

Qishloq xoʻjaligi vazirligi hamda Adliya vazirligiga klasterlar va fermerlarning majburiyatlarini aniq belgilab, ularning faoliyatini tartibga solish mexanizmlarini ishlab chiqish vazifasi qoʻyildi.

Paxta yetishtirishni moliyalashtirishning amaldagi tizimi klasterlar bilan ishlashga moslashmagani koʻrsatib oʻtildi. Shu bois klasterlar va fermerlarni moliyaviy qoʻllab-quvvatlash tizimini takomillashtirish boʻyicha topshiriqlar berildi.

Paxta va gʻalla boʻyicha davlat rejasini bekor qilish, ekinlarni majburiy joylashtirish tartibidan 2023 yilgacha bosqichma-bosqich voz kechish boʻyicha joriy va kelgusi yilda amalga oshiriladigan tadbirlar atroflicha koʻrib chiqildi.

Asosiy mavzular