03:39 28 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
331 0 0

Oʻzbekistonda AES qurilishi munosabati bilan Oʻzbekiston va Qozogʻiston hududida jamoat eshituvlari boʻlib oʻtadi.

TOSHKENT, 5 fev — Sputnik. Oʻzbekiston va Qozogʻiston aholisi orasida Oʻzbekistonda AES qurilishi munosabati bilan ommaviy eshituvlar tashkil qilinadi, deb xabar qilmoqda Oʻzbekiston Energetika vazirligi axborot xizmati.   

Xalqaro meʼyorlar va MAGATE ning talablariga muvofiq yaqin kelajakda Oʻzbekiston Respublikasi va qoʻshni davlatlar hududida, shu jumladan, Qozogʻiston Respublikasida Oʻzbekiston AES inshootlarini joylashtirish va ulardan foydalanishga doir faoliyatning atrof-muhitga taʼsirini baholash boʻyicha jamoat eshituvlari oʻtkazilishi kutilmoqda, - deyilgan xabarda.

Kecha 5 fevral kuni Qozogʻiston ekologiya, geologiya va tabiiy resurslar vaziri M. Mirzagaliyev boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv boʻlib oʻtgan edi. Unda Oʻzbekistonda AES qurilishi, umuman davlat yadroviy-energetika dasturini amalga oshirish va yadroviy infratuzilmani yaratish, shuningdek yadroviy xavfsizlik sohasidagi xalqaro huquqiy vositalarni implementatsiya qilish boʻyicha koʻrilayotgan choralar toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berildi.

Qozogʻiston tomoni qoʻshni davlat tomonidan atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish boʻyicha qabul qilinayotgan choralarni ijobiy baholadi va bundan buyon atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida yaqindan hamkorlik qilishni taklif etdi. Uchrashuv natijalariga koʻra ushbu yoʻnalishda birgalikda ish olib borish boʻyicha kelishuvga erishildi.

 

 

Asosiy mavzular