13:23 19 Sentyabr 2020
Efir
  • RUB137.65
  • EUR12194.82
  • USD10295.33
Iqtisod
Havola olish
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)
677 0 0

Respublika viloyatlaridagi 70% dorixonalarda allaqachon niqob qolmagan. Toshkent shahrida niqoblar narxi 1000 soʻmdan 5000 soʻmgacha ekanligi qayd etilgan.

TOSHKENT, 8 fev - Sputnik. Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi respublika hududlaridagi dorixonalarda sotilayotgan niqoblar narxini oʻrgandi.

"Dorixonalar odamlarning sogʻligʻi uchun emas, balki allaqachon moʻmaygina daromad koʻradigan shaxsiy biznesga aylanib ulgurgan. Buning yorqin dalili esa, dunyoda koronavirus epidemiyasi haqidagi xabarlar tarqalganidan soʻng niqoblar narxi avtomatik tarzda koʻtarilganidan koʻrish mumkin", - deyiladi xabarda.

Xabarda qayd etilishicha, Respublika markazi Toshkent shahrida allaqachon niqoblar defitsiti yuzaga kelgan (60% dorixonalar). Niqoblar narxi 1000 soʻmdan 5000 soʻmgacha.

Toshkent viloyatining 60 % dorixonalarida niqoblar 1500-2000 soʻmgacha sotilmoqda.

Namangan viloyatining teng yarim dorixonalarida niqoblar narxi 2000 soʻmni tashkil qilsa, Fargʻona viloyatidagi 50% dorixonalarda 1000 soʻmni, Andijon viloyatining deyarli barcha dorixonalarida esa 1000-1500 soʻmni tashkil qilmoqda.

Xorazm viloyatida oʻrtacha koʻrsatkich 1500 soʻm boʻlsa-da, ammo 70% dorixonalarda niqob yetishmovchiligi mavjud.

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrining 90%, Navoiy viloyatining 70 %, Siradryo viloyatining 85-90% dorixonalarida niqob tugagan yoki umuman yoʻq.

Buxoro viloyatidagi 70% dorixonalarda niqob 1500-2000 soʻmgacha sotilmoqda.

Jizzax viloyatidagi dorixonalarda niqoblar narxi 500 soʻmdan 5000 soʻmgacha qayd etilgan.

Mavzu:
COVID-19 umumjahon pandemiyasi (1149)

Asosiy mavzular