09:29 25 May 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
769 0 0

Oʻtgan yil Rossiya neft mahsulotlarini yetkazib berishda AQSH, Kanada va Meksikani ortda qoldirgan holda ikkinchi oʻrinni egalladi.

TOSHKENT, 11 fev - Sputnik. Rossiya AQShning sanktsiyalar siyosatidan neft xom ashyosi eksportini koʻpaytirish yoʻli bilan unumli foydalandi, deb yozadi Germaniyaning Die Welt gazetasi, RIA Novosti xabariga asosan.

Vashington Moskvaga qarshi sanktsiyalarni qoʻllaganiga qaramay, AQSH Eron va Venesuyela singari boshqa davlatlarga nisbatan cheklov choralari Rossiya xom neftining eksportini oshirishga yordam berdi, deb yozadi gazeta.

Gazeta Amerika Qoʻshma Shtatlari Energetika vazirligining Energiya axborot agentligi maʼlumotlariga tayanib, oʻtgan yilning oktyabr oyida Rossiya AQShga Kanadadan keyin Meksikani ortda qoldirgan holda neft mahsulotlarini yetkazib berishda ikkinchi oʻrinni egalladi. Shu bilan birga, noyabr oyida neft mahsulotlarini yetkazib berish darajasi tarixiy rekord oʻrnatdi, bu oʻtgan yil darajasidan ikki yarim baravar oshdi va 19,2 million barrelni tashkil etdi, deydi Die Welt.

Gazeta taʼkidlashicha, Rossiya neft korxonalarining tashqi yetkazib berilishi nafaqat AQShga, balki Yevropaga ham koʻpaydi. Rossiya bojxona xizmati maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yilning birinchi 11 oyida neft eksporti 3,8 foizga qoʻshilgan.

Shuningdek, Yevropa saktsiyalariga qarshi kiritlgan choralar natijasida, soʻnggi 4 yilda Rossiyada qishloq xoʻjaligi, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasi ildam rivojlanib borayotgani ham statistik maʼlumotlar bilan tasdiqlanmoqda.  

Asosiy mavzular