19:26 28 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Iqtisod
Havola olish
45410

Yangi aviakompaniyalar mavjud yoʻnalishlarda parvozlar sonini koʻpaytirish va yangi yoʻnalishlarni ochish imkonini beradi.

TOSHKENT, 12 fev - Sputnik. Oʻzbekistonda beshta yangi aviakompaniya tashkil etiladi, deyiladi 2020 yillarga moʻljallangan Davlat dasturi loyihasida.

"Oʻzbekiston transport vazirligi, Turizm boʻyicha davlat qoʻmitasi va boshqa bir qator idoralarga joriy yilning 1 apreliga qadar beshta yangi aviakompaniyalar tashkil etish topshirildi. Bu mavjud yoʻnalishlarda parvozlar sonini koʻpaytirish va yangi yoʻnalishlarni ochish imkonini beradi", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, Oʻzbekiston aviakompaniyalari tomonidan amalga oshiriladigan reyslarning umumiy soni 2800ga oshirilishi va respublikaning har bir xalqaro aeroportida “ochiq osmon” rejimida oʻntadan yangi xalqaro reyslarni ochish topshirigʻi berilgan.

Bularning barchasi 2021 yil yozi boshlanishigacha yakunlanishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, rejaga fuqarolari uchun Oʻzbekiston bilan vizasiz rejim joriy etiladigan chet el mamlakatlari sonini koʻpaytirish ham kiritilgan.

Eslatib oʻtamiz, shu kunlarda Belorusiyaning Belavia aviakompaniyasi 2020 yilda Toshkentga muntazam reys ochishni rejalashtirayotgani maʼlum boʻldi.

Hozirgi kunda aviakompaniya parkida 30 ta samolyot mavjud (yetti dona Boeing 737-800, olti dona Boeing 737-500, besh dona Boeing 737-300, toʻrt dona Embraer -175, olti dona Embraer -195, ikki dona CRJ -200).

Asosiy mavzular