09:06 27 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Iqtisod
Havola olish
364 0 0

Transport vazirligi Oʻzbekiston aviabozoriga xorijiy tashuvchilarni ularni Oʻzbekiston rezidentlari sifatida majburiy roʻyxatga olish sharti bilan jalb qilishni rejalashtirmoqda.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Uzbekistan Airports, Aviation&Logistics Forum (UAALF-2020) birinchi xalqaro aviatsiya forumiga bagʻishlangan matbuot anjumanida transport vaziri Elyor Gʻaniyev xorijiy aeroportlarni boshqarish kompaniyalari bilan hamkorlik tender asosida amalga oshirilishi maʼlum qildi. Bu haqda Sputnik muxbiri xabar qilmoqda.

“Xorijiy aeroportlarni boshqarish kompaniyalari bilan hamkorlik  toʻgʻrisida shuni aniq aytishim mumkinki, bu jarayon faqat tender asosida amalga oshiriladi. Kim eng jozibador shartlarni taqdim etsa, oʻsha tenderdan oʻtadi”, - deya qayd etdi Gʻaniyev.

Uning soʻzlariga koʻra, toʻgʻridan-toʻgʻri shartnoma imzolash haqida hatto gap ham bormayapti. Vazirlik Oʻzbekiston aviabozoriga xorijiy tashuvchilarni ularni Oʻzbekiston rezidentlari sifatida majburiy roʻyxatga olish sharti bilan jalb qilishni rejalashtirmoqda.

“Hozirda toʻrtta kompaniyalar bilan muzokaralar olib borilmoqda. Boʻlajak aviatsiya forumining maqsadlaridan biri Oʻzbekiston bozoriga jalb qilish uchun potentsial aviatashuvchilar bilan muzokaralar oʻtkazishdir”, - dedi vazir.

Asosiy mavzular