23:09 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Iqtisod
Havola olish
535 0 0

Rossiya banki xalqaro maydonda oʻz xizmatlarini kengaytirish niyatida. Ulangan operatorlar toʻlovlarni komissiyasiz amalga oshirishlari mumkin.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Sberbank Oʻzbekistonning barcha mobil aloqa operatorlari oʻzining toʻlovlar tizimiga uladi. Bu haqda bank matbuot xizmati xabar qildi.

Endilikda Sberbank mijozlari  Ucell, Beeline Uzbekistan, UzMobile, UMS va Perfectum Mobile kompaniyalari aloqa xizmatlarini dunyoning istalgan nuqtasida toʻlashlari mumkin. telefon hisobini ham “Sberbank Onlayn” ilovasi, ham oʻziga oʻzi xizmati koʻrsatish qurilmalari orqali toʻldirish mumkin.

Avvalroq Rossiyaning Sberbanki  bankomatlarining 80 foizdan ortigʻida mijozlarga oʻzbek va tojik tillarida xizmat koʻrsatishni boshlagan edi. Bankomatlar orqali oʻzbek va tojik tillarida naqd pul olish, hisobdagi pul-mablagʻlarini tekshirish hamda mobil aloqa vositalariga toʻlovlarini amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Asosiy mavzular