23:36 07 Avgust 2020
Efir
  • RUB137.46
  • EUR12021.09
  • USD10209.86
Iqtisod
Havola olish
436 0 0

Elyor Gʻaniyevning taʼkidlashicha, vazirlik narxlar mintaqadagi oʻrtacha koʻrsatgichdan yuqori boʻlmasligi uchun aviayoqilgʻi narxini nazorat qiladi.

TOSHKENT, 12 fev — Sputnik. Bugungi kunda Oʻzbekistonda aviayoqilgʻi narxi sezilarli pasaytirilgan – 1 tonna narxi 880 dollar atrofini tashkil etadi.

Transport vazirligi rahbari Elyor Gʻaniyev “Uzbekistan GTL” loyihasi ishga tushirilishi aviayoqilgʻi bozordagi muhim qadam boʻlishini aytdi. Joriy yilda korxona ishga tushirilishi kerak. Uning taxmin qilinayotgan quvvati 1 mln 700 ming tonna turli yoqilgʻilarni ishlab chiqarish (dizel, benzin, aviakerosin). 

“Ishonchim komilki, ushbu korxonaning ishga tushirilishi bilan bizda, umuman olganda, aviayoqilgʻi bilan taʼminlashda muammo boʻlmaydi. Afsuski, hozir uni ishlab chiqarish “Oʻzbekiston havo yoʻllari" va “Uzbekistan Airports”ni toʻliq taʼminlash uchun yetarli darajada emas, shuning uchun yoqilgʻini import qilishga majburmiz”, - dedi vazir Sputnik muxbiriga.

Biroq, vazirning soʻzlarga koʻra, shu bilan birga narx kamida 120-140 dollarga pasaytirilgan va bu raqobatning rivojlanishi uchun qulay sharoitlar yaratadi. Gʻaniyev vazirlik narxlar mintaqadagi oʻrtacha koʻrsatgichdan yuqori boʻlmasligi uchun aviayoqilgʻi narxini nazorat qilishini taʼkidladi.

Shuningdek, Trasport vazirligi rahbari idoraning yaqin kelajakdari rejalari “aeroport yigʻimlari” qisqartirish ekanini qayd etdi.

“Bu katta summa, biz uni kamida 20 foizga pasaytirishni rejalashtirmoqdamiz. Shunday qilib, aeroport xizmatlari 20 foizga arzonlashadi va bu ham yoʻlovchi tashuvchilar, ham yuk tashuvchilar uchun aeroportlarimizning jozibadorligini oshirishga turtki boʻladi. Biz Oʻzbekiston yanada jozibador yoʻnalish boʻladigan sharoitlar yaratamiz”, - dedi Gʻaniyev.

Asosiy mavzular