06:23 12 Avgust 2020
Efir
  • RUB138.65
  • EUR12059.09
  • USD10231.71
Iqtisod
Havola olish
822 0 0

YEOII va JSTga qoʻshilish Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi mahsulotini yanada kengroq bozorlarga eksport qilish imkonini bergan boʻlardi, deydi mutaxassis.

TOSHKENT, 13 fev – Sputnik. Oʻzbekiston qishloq xoʻjalishi vazirligi huzuridagi uchumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligi direktori Otabek Mustafayev YEOII va JSTga integratsion jarayonlarging Oʻzbekiston iqtisodiga taʼsiri haqidag gapirdi.

Eslatib oʻtamiz ayni damda Moskvada "Prodekspo-2020" oziq-ovqat sanoati koʻrgazmasi boʻlib oʻtmoqda. Oʻzbekiston ham ushbu koʻrgazmada ishtirok etmoqda.

Otabek Mustafayev aytishiga qaraganda integratsion jarayonlar Oʻzbekiston qishloq xoʻjaligi uchun umumiy hisobda ijobiy boʻladi, lekin bu ishning bir necha oʻziga xos jihatlarini hisobga olish kerak.

“YEOIIga qoʻshilish masalalasiga kelsak, ayni damda Oʻzbekistonda bu borada ekspert guruhi tashkil qilingan. Ular ushbu ishning barcha ijobiy va salbiy tomonlarini hisoblab chiqishmoqda. Menimcha, Oʻzbekiston vinochilik va umuman qishloq xoʻjaligi sanoati bunday integratsiyadan yutib chiqadi.

“Bizda iqlim sharoitlari ekologik toza, raqobatbardosh meva-sabzavotlar yetishtirish imkonini beradi. Uzumchilik borasida gap ketganda, Respublikada vino uchun xom-ashyo yetishtirish mumkin boʻlgan hududlar juda koʻp. Yevroosiyo Iqtisodiy ittifoqiga kirish, Oʻzbekiston mahsulotlari uchun  bir qator texnik, maʼmuriy va tarif toʻsiqlarini olib tashlab, 150 millionlik bozorga yoʻl ochib bergan boʻlardi", - deydi mutaxassis.

JSTga qoʻshilish esa, mahsulot sifatini jahon standartlariga mos ravishda koʻtarishni, sifati past xom-ashyo sotib olishga chek qoʻyishni talab qiladi.

“Bu yerda faqat tariflar bilan ish bitmaydi. Sifat standartlarini umumevropa yoki umumjahon darajasigacha koʻtarish talab etiladi. Lekin shu bilan birga sifati past mahsulotlardan himoya olamiz va oʻz mahsulotimiz bilan Yevropa hamda Osiyo bozorlariga chiqishga imkon paydo boʻladi”, - deydi Mustafayev.

Mutaxassis bilan boʻlgan suhbatni batafsil quyidagi podkastda tinglang.

Chto budet s selskim xozyaystvom Uzbekistana pri vstuplenii v YEAES — mneniye

Asosiy mavzular