21:20 28 Fevral 2020
Efir
  • RUB148.82
  • EUR10329.35
  • USD9526.28
Iqtisod
Havola olish
322 0 0

Umumiy quvvati 127,2 MVt boʻlgan yiliga oʻrtacha 534,1 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqaruvchi 16 ta yangi mini GESlarni qurish va 4 ta GESni modernizatsiya qilish rejalashtirilmoqda.

TOSHKENT, 13 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda 16 ta yangi mini GES quriladi va 4 ta GES modernizatsiya qilinadi. Bu muhokamaga qoʻyilgan Davlat dasturi loyihasida koʻzda tutilgan.

“Umumiy quvvati 127,2 MVt boʻlgan yiliga oʻrtacha 534,1 mln. kVt.soat elektr energiya ishlab chiqaruvchi 16 ta yangi mini GESlarni qurish va 4 ta GESni modernizatsiya qilish”, - deyilgan hujjatda.

Hududlarda ishlab chiqarish va injenerlik-kommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish, bunga respublika va mahalliy byudjetlarning prognozdan yuqori tushumlarining yarmi yoʻnaltiriladi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq mamlakatda joriy yilda qariyb 1300 megavatt quvvatlar ishga tushirilishi rejalashtirilgani xabar qilingan edi. Shuningdek, toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalar hisobiga 3 ming 500 megavattli bugʻ-gaz qurilmalari, 400 megavattli shamol va shunday quvvatga ega quyosh elektr stantsiyalarini qurish boʻyicha loyihalar shakllantirilgan.

Asosiy mavzular