14:10 01 Aprel 2020
Efir
  • RUB121.10
  • EUR10637.67
  • USD9554.22
Iqtisod
Havola olish
313 0 0

2020 yil 1 avgustdan boshlab ishlab chiqaruvchi tomonidan Oʻzbekistonning davlat tilida markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi.

TOSHKENT, 16 fev — Sputnik. Oʻzbekistonda davlat tilida markirovkalanmagan tovarga muvofiqlik sertifikati berilmaydi. Bu 4594-sonli qaror bilan qoʻshimcha kiritilgan prezident qarorida belgilangan.

Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, 2020 yil 1 avgustdan boshlab Vazirlar mahkamasi tomonidan tasdiqlangan roʻyxat boʻyicha import qilinadigan isteʼmol tovarlarining ayrim turlari (isteʼmol qadoqlariga ega boʻlmagan tovarlardan tashqari) ishlab chiqaruvchi tomonidan Oʻzbekistonning davlat tilida (lotin yozuviga asoslangan oʻzbek alifbosida) markirovka qilinmagan taqdirda, mazkur tovarlarga muvofiqlik sertifikatini rasmiylashtirish taqiqlanadi.

Taʼkidlanishicha, qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.

Eslatib oʻtamiz, 39 turdagi tovarlar 2019 yilning 1 avgustidan boshlab majburiy tartibda markirovkalananishi xabar qilingan edi.

Asosiy mavzular